Qazo namozlarimni ado qilish

Assalomu alaykum! Men 8 yillik qazo namozlarimni har kuni oz-ozdan uzib o‘qiyabman. Savolim aynan shu borasida.
Yaqinda bir kitobda qazo namoziga ham azon va iqoma aytiladi deb yozilgan ekan. Men shu paytgacha qazo namozlarimni 5 mahallik farzlardan so‘ng o‘qiyotgan edim. Endi esa ikkilanib qoldim, kunlik farzlarimni o‘qib bo‘lgach qazo namozlarim uchun aytamanmi? Bugun shunday qilgan edim, oila a’zolarim namoz vaqti bo‘ldimikin deya yugirib kelishdi. Ayrimlari esa iqtido ham qilishdi. Qazo namozligini bilishgach juda uyatga qolgandek bo‘ldim. «Azon va iqomasiz ham qazolarni asta-sekin o‘qisangiz bo‘lardi» deya tanbeh berishdi. Har kuni shunday takrorlanadigan bo‘lsa Islomga bo‘lgan ixloslarini kamaytirib yuboraman deb qo‘rqaman. Men kuniga 40-44 rak’at qazo o‘qimoqchi bo‘lsam, buni o‘zim alohida azon va iqomasiz o‘qisam bo‘ladimi?
2) Qazo namozlarini o‘qish uchun niyat qilayotganimda muayoyan vaqtini (masalan, 2017 yilgi sentyabrning 15-kunidagi asrning 4 ra’kat farz namozi qazosi) aytmay «muqaddam o‘qilmay to‘planib qolgan qazo namozlarimdan 4 ra’kat qazosini o‘qish uchun niyat qildim» deya o‘qisam bo‘ladimi? Taqsimlashda juda adashib ketayabman. Yaqinda menga o‘xshab qazo o‘qiyotgan inson adashaverganida tashlab qo‘ydi. Men o‘zimda unday bo‘lishini istamayman. Islomda engillik qiling deyishadi-ku. Shu borada maslahat bering. Otamiz xam qazolarini o‘qimoqchilar. Ularga ham javobingizni ko‘rsataman. Menga o‘xshab qazo namozlarini o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun vam juda kerakli echim bo‘lar edi. Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Hisob uchun alohida daftar tutsangiz ham joiz. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar