Oilaviy muammolar
Assalomu alaykum! Qidirib topa olmadim, shuning uchun sizlardan so‘rashga ruxsat bergaysizlar. Uylanganman, 3 ta farzandni otasiman. Ayolim va onam oxirgi oylarda uzaro xech kelisha olishmayapti. Ayolim xozirgi kunda farzandlarim bilan otasini uyida! Onam “agar xotining bilan yashaydigan bo‘lsang, ajrashmasang sandan noroziman” didilar. Onam va ayolimni o‘zaro xech yarashtira olmayapman, chunki uyda kun ora janjal. Onam o‘z fikrlarida sobit turib olganlar. 1-savolim; Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? Oilam bilan yashasam onam norozi bo‘lsalar, onam rozi bo‘lishlari uchun oilamdan voz kechishim kerak ekan. Iltimos javob bersangiz, chunki sizlarni javobingizni onam va ayolimga o‘qitaman!
2- savol; Hayotda ota-onadan alohida yashash uchun oq fotixani kim beradi? Otami yoki ona? Ikkalasi xam haet bo‘lsa!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ikki tomonga nasihati o‘tadigan katta kishilarni yordamidan foydalaning. Agar shunda ham imkon bo‘lmasa, ota-onangizdan alohida yashab ko‘ringlar. 2). Qaerda yashasa ham ularga yaxshilik va go‘zal muomalada bo‘lish hamda ularning ehtiyojlariga yordam berish lozim, alohida yashash uchun fotiha olish shart qilinmagan. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 156 | Oila va turmush