iqtido qilish

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar ma’lumki imomga iqtido qilganlar bir yoki ikki nafar bo‘lsa imomdan bir tovon orqada turishadi, uch nafardan ko‘p bo‘lsa bir saf orqada turishadi. Jamoat ikki iqtido qiluvchi bilan boshlansa Keyingi qo‘shilganlar avvalgi ikki kishini yonidan saf tortib ketaverishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday suratda imom oldinga o‘tib olishi kerak. Agar imom bu masalani bilmasa iqtido qilganlar o‘zlari orqaga siljib olishlari kerak. Vallohu a’lam!

22 Апрел 2022, 21:14 | Савол-жавоблар | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar