Hadismi?
Assalomu alaykum! Yaqin do‘stim bugun menga ushbuni yuboribdi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar; Ummatimning eng yaxshisi xotini ko‘prog‘idur! Buxoriy rivoyati 4681. (o‘zgartirmasdan yozdim).
Meni to‘g‘risi ishongim kelmadi, lekin, o‘zimcha gumon qilmay, deb sizlardan so‘ramoqchi edim. Ushbu hadisga ishonsa bo‘ladimi? (ushbu xabar telegrammdagi bir kanaldan olingan ekan).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu Ibn Abbos roziyallohu anhuning gaplari. عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ قَالَ: قَالَ لِي ابْنُ عَبَّاسٍ: هَلْ تَزَوَّجْتَ؟ قُلْتُ: لَا. قَالَ: فَتَزَوَّجْ، فَإِنَّ خَيْرَ هَذِهِ الْأُمَّةِ أَكْثَرُهَا نِسَاءً. رواه البخاري Sa’id ibn Jubayrdan rivoyat qilinadi: «Ibn Abbos menga: «Uylandingmi?» dedi. «Yo‘q», dedim. «Uylan, chunki bu ummatning eng yaxshisi ayollari ko‘p bo‘lganidir», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Hozirgi kunda erkaklardan ko‘ra ayollarning ko‘pligi inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Qolaversa ko‘p erkaklar bitta ayolini uddasidan ham chiqisholmayapti. Shu holatda 2-3ta ayolni non-nafaqasini o‘z joyida qilib, iffatlarini saqlashlariga sababchi bo‘lib, ulardan ko‘rilgan farzandlarning tarbiyasiga mashg‘ul bo‘lsa, yoki beva qolib farzandlarining tarbiyasiga qiynalayotgan ayolga uylanib ularni etimlarini o‘z qaramog‘iga olsa unday kishi albatta yaxshi bo‘ladida. Lekin bundan uylanib taloq qilishga odatlangan yoki erga tegib talog‘ini olishga odatlangan ayolu-erkaklar mustasnodir. عن أبى موسى الأشعري قال: قال رسول اللّه صلّى اللّه عليه وسلّم: "تزوجوا ولا تطلقوا فإن اللّه لا يحب الذواقين والذواقات" رواه البزار في المسند Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Uylaninglar va taloq qo‘ymanglar. Albatta Alloh tatib ko‘rib taloq qiluvchi erkak va tatib ko‘rib talog‘ini oluvchi ayollarni yaxshi ko‘rmaydi” dedilar. Bazzor rivoyati. Boshqa bir rivoyatda undaylarga la’nat bo‘lishi aytilgan. Vallohu a’lam!
22 Апрел 2022, 21:47 | Савол-жавоблар | 190 | Hadislar