Arok ichishni tark kilish yuli
xurmatli Ustoz! ALLOX umringizni ziyoda kilsin. Yozgan savollarimga bergan javoblaringiz uchun minaddorman. Ustoz xozirgi vaktda juda xam kupchilikni kiynayotgan yana bir masalada "alkogolizm" xakida savolim bor edi. Bu mavzuda savol berishimga turtki bulgan sabab shuki, kupchilik birodarlarim uz otalarining arok ichishga mukkasidan ketganligidan uyalib uylana olmay, dustlarining orasida bosh kutarolmay yurganligidan shikoyat kilishlari. Va yana uzimning xam bir amakim bor, u kishi xam juda kup arok ichadi, uyida doim notinchlik va eng sung xotiniga uch talok berib, yana men talok bermadim deb yashab yuribdi. Shu singari xolatlar xozirda jamiyatimizda kup bulmokda. Bunday xollarda bizga uxshab boshi kotganlar talaygina. Bir kuni bir ilmli kishi bilan suxbatimiz chogida u kishi arok ichishni tashlash xakida bir gap aytdi, "( Kimki xamir tayyorlaydigan idishga Kur’ondagi "MOIDA"surasining (90-91-92) oyatlarini arab tilida "ZAFARON" suvi bilan yozib ustidan xamir tayyorlab, non pishirib shu nonni arok ichaydigan odamga edirsa, ALLOXning izni bilan arok ichishni tark kiladi.)" degan gapni aytdi. Ustoz savolim shuki, shu aytilgan gaplar xakikatga kanchalik yakin, bid’atmi, irimmi, yoki tugrimi va yana "ZAFARON" suvi kanday suv. Odobsizlik kilganim uchun ming bor uzr. Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu bid’at - irim.
20 Апрел 2022, 19:27 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu bid’at - irim.
20 Апрел 2022, 19:27 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar