Zakotni kimga berish kerak?
Assalomu alaykum! Bir odamni onasi kasal. Shu odam o‘z onasiga zakot bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ZAKOTNI QUYIDAGILARGA BERIB BO‘LMAYDI Orasida tug‘ish va er-xotinlik aloqasi borlarga, o‘zining quliga, ba’zisini ozod qilgan quliga, boyga, uning quliga va kichik yoshdagi bo‘lasiga, Banu Hoshimga, ularning mavlolariga va zimmiyga emas. Unga (zimmiyga) zakotdan boshqasini bersa bo‘ladi. Ushbu matnda zakotni berib bo‘lmaydigan bir necha toifalar zikr qilinmoqda. Orasida tug‘ish va er-xotinlik aloqasi borlarga. Bunda kishining tuqqanlari, ya’ni ota-onasi, necha pog‘ona yuqori bo‘lsalar ham, bobo-momolari kiradi. Ana shularga mazkur kishi zakotini berishi mumkin emas. Yana kishidan tug‘ilganlar, ya’ni o‘g‘il-qizlari va necha pog‘ona past bo‘lsalar ham, ularning o‘g‘il-qizlari zakot olishlari mumkin emas. Demak, zakotni bolalarga, xotinga berish mumkin emas. Shuningdek, ota-onaga ham berish mumkin emas. Chunki bolaning mol-mulki ota-onaniki hisoblanadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir farzandga: «Sen ham, moling ham otangga mulksizlar», deganlar. «Boy-badavlat xotin o‘zining kambag‘al eriga zakot bersa bo‘ladimi?» degan savolga ba’zi mazhablar «Bo‘ladi», deb javob berganlar. Hujjat ma’nosida Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning xotinlari Zaynab roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kelib: «Zakotimni erimga bersam bo‘ladimi?» deb so‘raganida u zot alayhissalom: «Bo‘ladi», deb javob berganlarini keltiradilar. Hanafiy mazhabi ulamolari esa Zaynab roziyallohu anhoning hodisasini xususiy deb biladilar va: «Xotin o‘z eriga zakot berishi durust emas, chunki er uni olib, yana xotinning o‘ziga ishlatadi», deydilar. «Zakotini boshqa qarindoshlarga bersa bo‘ladimi?» degan savolga ba’zi ulamolar: «Ularning nafaqasi lozim bo‘lsa, bo‘lmaydi, nafaqa o‘rniga zakot berish ila o‘zi foyda topadi», deyishgan. Ammo hanafiy mazhabi ulamolari: «Bo‘ladi», deyishgan, chunki nafaqa o‘ziga yarasha shartlar bilan vojib bo‘ladi. Holbuki, yaqin qarindoshlar orasida ota-bo‘laga o‘xshab, mulkning birlashib ketishi yo‘q. Yaqin qarindoshga berilganda mulk zakot beruvchidan zakot oluvchiga ko‘chadi. Bu esa zakot berish mumkin ekanligiga dalildir. Boyga, uning quliga va kichik yoshdagi bo‘lasiga. Ato ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sadaqa boyga halol bo‘lmaydi. Magar besh kishiga: Alloh yo‘lida g‘oziylik qiluvchiga, uning (sadaqa) uchun omilga, qarzdorga, o‘z moli ila u(sadaqa)ni sotib olgan odamga yoki bir odamning miskin qo‘shnisi bo‘lsa-yu, miskinga berilgan sadaqasini boyga hadya qilsa bo‘ladi», dedilar». Abu Dovud, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan. Hokim sahih degan. Boyga zakot faqat besh holatda halol bo‘ladi: 1. Alloh yo‘lida jihodga chiqsa. Albatta, jihodga o‘z molidan sarflasa juda yaxshi bo‘ladi. Ammo farazan, zakot molidan sarflasa ham harom bo‘lmaydi. 2. Sadaqaga omil bo‘lsa, ya’ni zakotchi bo‘lib ishlasa, o‘zi boy bo‘la turib, ish haqi maoshini zakotdan olishi joiz, chunki Alloh taoloning O‘zi bunga ruxsat bergan. 3. Qarzdorga. O‘zi boy, ammo ko‘pchilikning foydasi uchun biror kattaroq sarfni bo‘yniga olib, qarzga botgan odam ham zakotdan olib, qarziga berishi joiz. 4. Bir kambag‘alga, misol uchun, zakotdan bir dona qo‘y tegdi. Uni boy odam o‘z puliga kambag‘aldan sotib oldi. Bu albatta, joiz. Zakotni sotib olish ham durust emas ekan, degan tushunchaga borilmasligi uchun hadisda bu haqda bayon qilingan. 5. Kambag‘al o‘ziga zakotdan tekkan narsadan boyga hadya qilsa, boy olishi joiz. Bu ham oldingiga o‘xshab, boyga zakot bo‘lgan narsa hadya shaklida kelsa ham harom, degan fikr chiqmasligi uchun aytilgan. Zakot kambag‘alning mulkiga aylanadi, demak, uni o‘zi qanday xohlasa, shunday tasarruf qiladi. Aslida boylar zakot berishlari kerak. Binobarin, ular zakot olishlari mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. Ba’zi bir kishilar o‘zlaridan boshqalarning boyligi tufayli ham boy hisoblanadilar, ular ham zakot olishlari durust bo‘lmaydi. Misol uchun, balog‘atga etmagan yosh bo‘la otasining boyligi tufayli boy hisoblanadi. Bu masalada: «Nafaqasi boyga vojib bo‘lgan kishilarga, uning bo‘lalari, xotini, ota-onasi va shunga o‘xshash yaqinlariga zakot olish haromdir», deyilgan. Ba’zi ulamolar esa: «Nafaqasi vojib bo‘lgan boy qaramog‘idagilarga, ya’ni ayoli va ota-onasiga qaramay qo‘ysa, ular zakot olishlari joiz», deganlar. Va zimmiyga emas. Unga (zimmiyga) zakotdan boshqasini bersa bo‘ladi. Islom davlati soyasida yashayotgan «ahli zimma» deb ataluvchi boshqa din vakillariga zakotdan berib bo‘lmaydi, chunki zakot musulmonlardan olinib, musulmonlarga berilishi shart. Ammo ahli zimmaga nafl sadaqalardan, sadaqai fitrdan bersa bo‘ladi, chunki avval aytilganidek, zakot moliyaviy ibodat bo‘lib, uni berish uchun ham, olish uchun ham musulmon bo‘lish kerak. Fosiqlarga zakot bersa bo‘ladimi? «Fosiq» deb ba’zi gunoh ishlarni qilib, nomi chiqqan odamga aytiladi. Musulmon odam-u, lekin gunoh ishlar ham qilgan bo‘ladi. Qadimgi ulamolarimiz: «Bunday odamlarga zakot berish mumkin», deganlar. Shu bilan birga, zakotni olgandan keyin uni fisq va gunoh ishlarga sarflamasligi aniq bo‘lishi kerak, degan shartni qo‘yganlar. Balki unga zakot berish asnosida uni fisqni tark etib, taqvo yo‘lini lozim tutishga da’vat qilinadi. Lekin fisqi ila musulmon jamiyatiga, dinga va din ahliga yomonlik qilgan odamga zakot berilmaydi. Benamozligi bilan fosiq bo‘lgan odamga zakot berish haqidagi savolga ba’zi ulamolarimiz: «Uni namoz o‘qishga chaqiriladi. Agar namoz o‘qishga va’da qilsa, beriladi, bo‘lmasa yo‘q», deganlar. Albatta, bu mulohazalar qadimgi vaqt o‘lchovi bilan fosiq sanalgan kishilar haqidadir. O‘sha vaqtlarda bir marta mast bo‘lgani sobit odam ham, bir marta namoz o‘qimagan odam ham, bir marta yolg‘oni sobit bo‘lgan odam ham fosiq hisoblangan. Milodiy yigirmanchi asr boshlari, hijriy o‘n to‘rtinchi asr oxirlarida yashagan mashhur ulamolardan ba’zilari esa bu haqda quyidagicha fatvo beradilar: «Mulhidlar (dinsizlar) bunga o‘xshash yurtlarda turlicha bo‘ladilar: Ba’zilari Allohga ochiq-oydin kufr keltiradilar. Bu Xoliqni inkor etish yoki Uning sifatlaridan ba’zilarini ta’til qilish (amaldan qoldirish) yoki Uning ibodatiga shirk keltirish bilan bo‘lishi mumkin. Ulardan ba’zilari vahiyni, nabiylarni inkor qilishlari yoki Nabiy sollallohu alayhi vasallamga, Qur’onga, o‘lgandan keyin tirilish kabi ishlardan birortasiga shubha, ta’na qilishlari mumkin. Ulardan yana ba’zilari Islomni faqat og‘izdagina da’vo qiladilar. Ular «Men musulmonman», deydi, lekin o‘zi aroqni ichaveradi, zinoni qilaveradi, namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi, zakot bermaydi, qudrati etib turib, haj qilmaydi. Ana o‘shandaylarning jug‘rofiy Islomi e’tiborga olinmaydi. Ulardan birortasiga zakot berish mumkin emas». Kuchli, biror kasbga qodir kishilar. Jumhur ulamolar: «Bu toifadagi kishilarga zakot olish joiz emas», desalar ham, hanafiy ulamolar: «Moli nisobga etmagan bo‘lsa, olsa bo‘laveradi», deydilar. Lekin ularning zakot so‘rashlari, tilanchilik qilishlari harom bo‘ladi. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 11:41 | Савол-жавоблар | 170 | Ibodatlar