Kiyim kiyish duosi

Assalomu alaykum! Bilamizki, ko‘pgina odamlar yangi kiyimga ega bo‘lib, uni ilk bor kiyganida negadir qalbida xursandchilik paydo bo‘ladi. Shunday xollarda qaysi duo aytiladi? Muntazam foydalanib yurgan (eski) kiyimini kiyganda esa qanday duo yoki zikrlar aytgan ma’qul? Rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Bismillahir Rohmaani Rohiym” deb kiyiladi. Muoz ibn Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror yangi kiyim kiyib, الْحَمْدُ للهِ الَّذِي كَسَانِي هَذَا وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلاَ قُوَّةٍ «Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy va la quvvah», desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar. (Ma’nosi: O‘zgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan Allohga hamd bo‘lsin). Ibn Sunniy rivoyatlari. Vallohu a’lam!

22 Апрел 2022, 21:47 | Савол-жавоблар | 201 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar