Nafl ruza

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMOlamlarning Robbisi Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.Sayyidi koinot Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salovotu salomlar bo‘lsin.Sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin.Islom ulamolariga va mashoyixlariga Alloh taoloning rahmati bo‘lsin.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Xurmatli Ustoz, nafl ruza tutganda, mexmon kelganligi yoki boshka sabablarga kura ruzani ochsa buladimi? Ruzani ochgandan sung, nafl ruzaning kazosini tutib berish kerakmi?Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollalloxu alayxi vasallam dushanba va payshanba kunlari nafl ruza tutgan ekanlar. Nafl ruza tutilmaydigan kunlar xam bormi? Meni bilishim buyicha ikki xayit va juma kuni nafl ruza tutib bulmaydi. Ushbu savollarga oydinlik kiritib bersangiz.Allox subxanaxu va taolo Sizdan rozi bulsin. Omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nafl ro‘za tutuvchi ziyofat uzri ila ro‘zasini ochsa bo‘ladi. Keyin qazosini tutadi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni oldimga kirib: «Huzuringizda biror narsa bormi?» dedilar. «Yo‘q», dedik.«Undoq bo‘lsa, men ro‘zadorman», dedilar. So‘ngra boshqa bir kuni oldimizga kelgan edilar.«Ey Allohning Rasuli, bizga hiys hadya qilindi», dedik.«Qani, mega ko‘rsatchi, ro‘za niyat qilgan edim», dedilar va undan edilar».Nasaiy «Lekin o‘rniga boshqa kuni ro‘zza tutaman»ni ziyodi qilgan. Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.

24 Апрел 2022, 15:12 | Савол-жавоблар | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar