Tahorat sinishi haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, taxoratim sinishida ikkilanb qovoman. Taxorat olib namozga turishim bilan yoki jumaga voxliroq taxorat qilib chiqqanimda doim el kelishi boshlidi. Man uni qaytarishga urinaman el yo‘qolganidan keyin taxoratim sinmadimikan deb gumonga boraman.  Bu narsa haqida bir tanishmdan so‘raganimda bir xadisni ilova qildi.  Agar el kelsayu ovozi va xidi chiqmasa taxorat sinmagan bo‘ladi dedi. Lekin baribir mani gumon qiynavotti.  Agar namoz o‘qivotganmda yuqoridagi xolat takrollansa namozim buziladimi?Iltimos maslaxat berin. oldindan rahmat.  Alloh umrizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chiqmaganligi aniq bo‘lmasa namozingizni davom ettiravering. وَعَنْ عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ، عَنْ عَمِّهِ أَنَّهُ شَكَا إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلُ الَّذِي يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَجِدُ الشَّيْءَ فِي الصَّلَاةِ. فَقَالَ: لَا يَنْفَتِلْ  أَوْ لَا يَنْصَرِفْ - حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا Abbod ibn Tamim amakisi roziyallohu anhudan rivoyat qiladiki, u (amakisi) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga namozda o‘zida biror narsa sodir bo‘lgandek tuyuladigan kishi haqida shikoyat qilibdi. Shunda u zot: «To biror ovoz eshitmagunicha yoki hid sezmagunicha (namozdan) burilmasin [yoki o‘girilmasin]», debdilar. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 Апрел 2022, 17:23 | Савол-жавоблар | 200 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar