Har bir rakat uchun ming yil

Assalomu alaykum! «Har bir iymon keltirgan jannatga tushadi, qachonki qilgan gunohlari uchun do‘zahda jazolanganidan so‘ng. Inson o‘qimay qoldirgan bir rakat namozi uchun do‘zahda ming yil qoladi. Bu o‘lchov bu dunyodagi kabi emas, balkim do‘zahdagi bir soat bu dunyodagi bir yil kabidir». Ustozlar, mana shu ma’nodagi hadis bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni qoldirganlar jazosi uchun aytilgan oyat bor. Oxiratning bir kuni bu dunyoning ming yiliga teng bo‘lishi haqida ham. Aynan siz keltirgan hadisni bilmadik.فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝
4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…5. Ular namozlarini unutuvchilardir.Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi:وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ۝
47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:27 | Савол-жавоблар | 167 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar