"Hashr" surasi oxiridan uch oyati haqidagi mavjud hadismi?
Assalomu alaykum! "Nabiy sollallohu alayhi vasallam:" Kim tong ottirganda uch marta "A’uzu billahis-samiy’il aliym minash shaytonir rojiym" deb turib, "Hashr" surasi oxiridan uch oyatni tilovat qilsa, Alloh unga etmish ming farishtani vakil qilib qo‘yadi. Ular unga kech kirguncha salovot aytadilar. Agar u o‘sha kuni o‘lsa, shahid holida o‘ladi. Kim o‘shalarni kech kirganda aytsa, huddi o‘shandoq bo‘ladi", dedilar". Ushbu uch oyatning tafsiri: "U Undan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohdir, g‘aybni ham oshkorni ham bilguvchidir. U Rohman va Rohiymdir", (22-oyat). "U-Undan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohdir, Malikdir, Quddusdir, Salomdir, Mu’mindir, Muhaymindir, Aziyzdir, Jabbordir, Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir", (23-oyat). "U- Allohdir, Xoliqdir, Bori’dir, Musovvirdir. Eng go‘zal ismlar Unikidir. Osmonlaru erdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Va U Aziyzdir, Hakiymdir", (24-oyat). Shunday Xadis bormi avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha bor hadis. عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَالَ حِينَ يُصْبِحُ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ أَعُوذُ بِاللهِ السَّمِيعِ الْعَلِيمِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ، وَقَرَأَ ثَلَاثَ آيَاتٍ مِنْ آخِرِ سُورَةِ الْحَشْرِ وَكَّلَ اللهُ بِهِ سَبْعِينَ أَلْفَ مَلَكٍ يُصَلُّونَ عَلَيْهِ حَتَّى يُمْسِيَ، وَإِنْ مَاتَ فِي ذَلِكَ الْيَوْمِ مَاتَ شَهِيدًا، وَمَنْ قَالَهَا حِينَ يُمْسِي كَانَ بِتِلْكَ الْمَنْزِلَةِ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ. وَاللهُ أَعْلَمُ Ma’qil ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim tong ottirganda uch marta «A’uzu billahis-samiy’il aliym minash shaytonir rojiym» deb turib, «Hashr» surasi oxiridan uch oyatni tilovat qilsa, Alloh unga etmish ming farishtani vakil qilib qo‘yadi. Ular unga kech kirguncha salovot aytadilar. Agar u o‘sha kuni o‘lsa, shahid holida o‘ladi.
Kim o‘shalarni kech kirganda aytsa, xuddi o‘shandoq bo‘ladi», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilganlar. Alloh bilguvchiroqdir.
Sharh: Ulamolar ushbu hadisi sharifdagi «tong ottirgan paytda «A’uzu billahis samiy’il aliym, minash shaytonir rojiym» deb uch marta aytish bundan so‘ng mazkur uch oyatni o‘qish borligini ta’kidlash uchun tayin qilingan, deganlar.
«Hashr» surasi oxiridan uch oyatni tilovat qilishga berilayotgan va’dalar quyidagilardan iborat:
1. Alloh unga etmish ming farishtani vakil qilib qo‘yadi.
2. Ular unga kech kirguncha salovot aytadilar.
3. Agar u o‘sha kuni o‘lsa, shahid holida o‘ladi.
«Hashr» surasining oxirgi uch oyatida Alloh subhanahu va taoloning go‘zal ismlaridan bir nechtasi zikr qilinadi. Ba’zi ulamolar «O‘sha go‘zal ismlar ichida Alloh taoloning «ismi A’zami» ham bor», deydilar. U ismni zikr qilgan kishiga esa juda katta va’dalar berilganligi hammaga ma’lum va mashhur.
Quyida mazkur uch oyatning ma’nolari tarjimasi va tafsiri e’tiboringizga havola etiladi.
«U Undan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohdir, g‘aybni ham, oshkorni ham biluvchidir. U Rohman va Rohiymdir», (22-oyat).
Ushbu oyatdan ma’lumki, e’tiqod va ibodat faqat yagona Allohning O‘ziga bo‘lmog‘i kerak. Barcha qalblar faqat Ungagina talpinishi lozim. Alloh taolo shunday Zotki, biz bilgan va bilmagan barcha narsalarni biladi. Osmonlaru erda Alloh bilmagan narsa yo‘q. Demak, Unga ibodat qilish kerak.
Alloh taoloning mehribonlik va rahmlilik sifatlari haqida avval so‘z yuritganimiz bois, hozir takrorlab o‘tirmaymiz.
«U – Undan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohdir, Malikdir, Quddusdir, Salomdir, Mu’mindir, Muhaymindir, Aziyzdir, Jabbordir, Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir», (23-oyat).
Avvalgi oyat kabi, bu oyati karima ham Alloh vahdoniyatining isboti ila boshlangan va Uning bir necha ismlarini eslatmoqda. Jumladan:
Malik – haqiqiy ega, Undan o‘zga ega yo‘q. Shuning uchun bandalar faqat Unga qul bo‘ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xo‘ja bo‘lmaydi. Shuning uchun insonlar o‘zlariga o‘xshagan insonlarga emas, balki yagona Yaratganga, haqiqiy Egaga qul bo‘lishlari lozim.
Quddus – barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning O‘zigagina xosdir.
Salom – nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi Zot. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
Mo‘min – iymon va omonlikni beruvchi.
Muhaymin – hamma narsani qamrab oluvchi. Ya’ni Alloh bandalarning barcha holatlarining guvohi bo‘lib turadi, Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
Aziz – barchaning ustidan g‘olib.
Jabbor – oliy qadar, ulug‘. Uning oldida o‘zgalar o‘zlarini xor tutadilar.
Mutakabbir – kibriyosi va ulug‘ligi mubolag‘ali Zot.
Ushbu barkamollik sifatlariga ega bo‘lgan aybsiz Zot mushriklarning Unga shirk keltirishlaridan ham pokdir.
«U – Allohdir, Xoliqdir, Bori’dir, Musovvirdir. Eng go‘zal ismlar Unikidir. Osmonlaru erdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Va U Aziyzdir, Hakiymdir», (24-oyat).
Suraning ushbu so‘nggi oyatida Allohning yana bir necha sifati haqida so‘z bormoqda. Xususan:
Xoliq – yaratuvchi.
Bori’ – yo‘qdan bor qiluvchi.
Musovvir – maxluqotlarning suratini shakllantiruvchi Zot.
Dunyodagi barcha chiroyli ismlar Allohnikidir. Bir hadisi sharifda Allohning to‘qson to‘qqizta chiroyli ismi zikr qilingan. Osmonda bo‘lsin, erda bo‘lsin, dunyodagi barcha narsalar Alloh taoloni poklab yod etadilar, lekin biz ularning tasbehlarini tushunmaymiz. U Alloh g‘olibdir va hakim – barcha ishlarni hikmat bilan qiluvchi Zotdir.
Imom Bayhaqiy «Sunan»larida Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytiladi:
«Payg‘ambar alayhissalom Jum’a kuni Shom namozda «Qul yaa ayyuhal kafiruun» va «Qul huvallohu ahad»ni o‘qir edilar, Xufton namozida esa «Jum’a» surasini va «Munofiqun» surasini o‘qir edilar».
Bu dalil musabbihot suralaridan biri bo‘lgan «Jum’a» surasining sharafi naqadar ulug‘ ekanligini ko‘rsatadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 212 | Hadislar