Taqdir, Lavhul Mahfuz haqida

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari. Juma kuni masjidimizda qori domla amruma’ruf qila turub, taqdir haqida shunday dedilar. “Alloh taolo olamni yaratishidan oldin, insonlar qiladigan va olamda sodir bo‘ladigan ishlarni barchasini lavhul-mahfuzga yozib taqdirqilib qo‘ygandir. Lekin sizlar qilayotgan ishlarimiz yozilgan ekan deb gunoh qilmanglar. Alloh insonlarni taqdirini belgilayotganda unga buyurub, manabu ishni qilsin manabu ishni qilmasin demagan. Balki shu.. shu.. ishlarni qiladi degan. Lekin Alloh bizga tanlash imkoniyatini bergan. Halol haromni farqlatib qo‘ygan. Biz harom ishni qilaturub Alloh shuni qiladi deganekan deb bunga qol urolmaymiz. Chunki bizga Alloh aql nematini bergan”. Hazrat bu gaplardan qattiq ixtilof. Alloh taqdir qilgan ekan desam gunoh ishlarga ham rozi bo‘lib ketayapman. Ammo eng dahshati, agar Alloh tanlash imkoniyatini bergan bo‘lsa, insonlar hohlagan ishlarini tanlab qilaveradigan bo‘lsalar, unda Lavhul Mahfuzda yozilgan ishlarga to‘g‘ri kelmay Allohni avval taqdir qilgan narsalari hukumronlik qilmay qoladiku. Yoki Alloh nimani tanlashimizniham biladimi? Agar Allohni taqdiri hukm so‘radigan bo‘lsa. Biz tanlagan yaxshi yomon ishni ham Alloh tanlatayotgan ekan deb o‘ylayapman. Agar o‘zimiz tanlasak unda kitobga to‘g‘ri kelmayotgan ekan deb o‘ylayapman. Kurashmay turub taqdirga to‘nkab bo‘lmas ekan. Lekin buni hal qilayotib Lavhul Mahfuzni o‘zgartirib qo‘ymaymizmi? Yo kurashish kurashmaslikni Alloh belgilab qo‘yganmi? Bu haqida to‘g‘ri xulosani bersangiz. Nahot zamonni shunchalik fasod bo‘lib ketishini kitobga bitilgan bo‘lsa?! Agar insonlar bularni o‘zlaricha tanlab qilayotgan bo‘lsalar kitobning hukmi orqada qolib ketibdi...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qazo va qadar bandaga emas Allohga bog‘liq masala. Allohning ilmi cheksizligiga iymon keltirish mavzuiga bog‘liq. Agar bu bundyoda sodir bo‘ladigan barcha narsalarni oldindan bilmasa, Allohning kamolot sifatiga nuqson bo‘lmaydimi?Bu haqda to‘liq ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz “Sunniy aqiydalar” kitobini o‘qing. Sizning saolingizdan bir necha oldin kelgan savolga berilgan javobni o‘qing.

25 Апрел 2022, 17:23 | Савол-жавоблар | 223 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar