Televizordagi tasvirlar

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Kundalik xayotda telvizordan turli yangiliklarni ko‘rib tanishib boramiz va boshqa tasvirlarni xam (kino, dasturlar, ko‘rsatuvlar va boshqalar). Albatta bu xolat kun bo‘yi uni tagida o‘tirib olib tomosha qilish emas, asosan ishdan keyin, kechki payt va tunda dam olish vaqtida. Ana shu xolatlarda ayollarning avratlariga ko‘zimiz tushadi. Shu xolatda butunlay teskari qarab ma’lumotlar to‘lig‘icha tushunib olishning imkoni bo‘lmaydi. Yani aytmoqchi bo‘lganim bexayo tasvirlar emas, ayollarning bo‘yni, qo‘llarining tirsakkacha ochiq joylarini aytyapman. Shu xolatda nima qilishimiz kerak? Albatta baxonachi bo‘lib kolishdan Alloh asrasin!
2). Televideniyamizda xozirgacha islomni sof moxiyatini ochib beruvchi telekanal shakllantirilgani yo‘q. Allohga shukur ko‘rsatuvlarimiz berilyapti, lekin vaqti bizga to‘g‘ri kelmaydi. Albatta, shu xolatda telekanalga ehtiyoj tug‘iladi. Yaqin kelajakda shu muammoni xal qilishga qaratilgan harakat mavjudmi? Yozishda xato qilgan yoki odobsizlik qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Har bir narsa taroziga solib ko‘riladi. Zarurat, hojat darajasi bo‘lsa, ruxsat beriladi. Ko‘rmaysizmi hozir shifoxonaga hojatingiz tushsa, ishga ketayotgan bo‘lsangiz, bozorga borsangiz televizor ko‘rgandek bo‘lasiz. Ya’ni xohlasangiz ham xohlamasangiz ham ko‘chada ayollarga ko‘zingiz tushadi. Bozorga ehtiyoj bo‘lgani uchun chiqasiz, ishxonaga borish uchun taksi yoki avtobusga chiqasiz. Shariat ko‘chada shunday ayollar borligi uchun avtobusga chiqish, ishga borishdan qaytarmaydi. Feysbuk kabi ijtimoiy tarmoqlarda foydali narsalarni ko‘rmoqchi bo‘lganizda ham beixtiyor munkar ishlarga ko‘zingiz tushadi. Agar televizorga ham bozor va ishga borish kabi ehtiyoj tug‘ilsa undan foydalanishingiz mumkin. Albatta ayollarga tikilib olib qarashga shariat ruxsat bermaydi. Unchalik darajada ehtiyoj bo‘lmasa qarashingiz to‘g‘ri emas. Xususan shariat va ma’rifatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan narsalarni ko‘rish joiz emas. 2). Duo qilib turing, bu ham bo‘ladi. Islom tsivilizatsiyasi tarkibida siz aytgandek kanal tashkil qilish rejalashtirilgan. Vallohu a’lam!

25 Апрел 2022, 17:24 | Савол-жавоблар | 152 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar