Sigaret xarommi

Assalomu alaykum shayx janoblari sizga bir savol bilan murojat qilmoqchiman.Janob men ishlaydigan idoradagi yigitlar bilan tortishib qoldim. Men ularga butun Musulmonlar itfoqi tomonidan sigareta xarom qilingan deb aytsam asosing bormi qaysi xadis qaysi oyat asosida ular shu maxsulotni xarom qilingan deb men bilan janjal qilib ketdi. Men ularga Payg‘ambarimizning har bir bo‘shatiradigan narsa xarom deb aytganlar desam ular bu asos blolmaydi aniq xadis yoki shu muslonlar itfoqini qarorini ko‘rsat demoqda.Shuningdek ularning fikricha ular musulmonlar itfoqi rasmiy tashkilotmi. Bu tashkilot xarom qilingan narsa xarom bo‘lib ketuviradimi xech bir xadis ko‘rsatilmagan bo‘lsa xam deyishdi. Shunga ularga nasib qilsa xarom qilinganligini isbotlayman dedim. Shayx janoblari sirageta aslida qat’iy xarom qilinganmi, Buni chekkan odam gunhoga botadimi. Do‘stimiz aytishicha sigaretaning chakish xarom emas unga ishlatilgan pullar va isrof bo‘lish uchun mumkun emas demoqda.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz aytgan gap hadis emasmi? Hadis! Ularga yana nima kerak. Ikkinchidan, shariat hukmlarining manbasi faqat Qur’oni Karim va hadisdan iborat emas. Ijmo’, Qiyos, Sahobalar amali, Masolihul Mursala kabi o‘nta manbadan iborat. Siz aytgan narsaning haromligiga barcha ulamolar, Islom fiqhi Akademiyalari, mazkur hadisni va boshqa dalillarni keltirib fatvo berishgan.

25 Апрел 2022, 17:24 | Савол-жавоблар | 187 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar