Xijobga kirishdan oldingi muammolar
Assalomu alaykum! In shaa Alloh, xijobga kirish niyatim bor. Lekin bazi masalalar meni qiynayapti. Avvalo ota onam rozi bo‘lishligi. Bilasiz davlat tashkilotlarida dinga unchalik yo‘l qo‘yishmaydi. Men esa xaqiqiy shar’iy xijobga kirmoqchiman. Ertaga men davlat tashkilotida ishlasamu lek u erda shar’iy xijobga qo‘yishmasa men qanday yo‘l tutishimni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har qanday vaziyatda ham Allohning buyrug‘iga itoat qiling. Shayton sizni faqirlik bilan qo‘rqitmoqchi bo‘ladi, unga aldanib qolmang. Barcha narsa Allohning mulkidir. Istaganiga beradi. Unga itoatingizni izhor qilsangiz bas. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Qur’ondagi eng katta umidbaxsh oyat ushbu – «Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadi. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur»dir», degan ekanlar. Vallohu a’lam!
4 Июн 2022, 17:53 | Савол-жавоблар | 173 | Ayollarga oid masalalar