Maxsini echsa
Assalomu alaykum! Ibodati Islomiya degan kitobda: “Agar taxorat ketmasdan maxsilar almashtirilsa, ya’ni echilib bir oz muddatdan so‘ng kiyilsa taxorat buzilib, oyoq yuviladimi” deyilgan joyga javob: “yo‘q” deyilgan ekan. Man obuv bilan kiyish uchun maxsini kichkinasidan olganman. Olayotganimda sotuvchi akadan so‘ragandim, tovon maxsidan qancha ko‘tarilsa buzilishini aytgandi. Bu kitobda echib yursa taxorat buzilmaydi deyilyapti. Shunga sizlardan so‘rab bilmoqchiman. Echilsa xam buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahorat ketmasdan oldin kiyilgan bo‘lsa va tahorat ketmaidan oldin echilgan bo‘lsa hech qanday farqi yo‘q. mabodo kiyilgandan keyin tahorat ketsa, yangi tahorat olinganida mahsining ustiga mash tortilsa va shu holatda mahsi echilsa oyoqning tahorati ketadi. Oyoqni o‘zini yuvib olinadi. Biz avvalgi suratni, sotuvchi ikkinchi suratni aytibdi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 05:16 | Савол-жавоблар | 151 | Dolzarb savollar