Bamdod, shom namozlari kazo bulib kolishi vakti
Ustoz! Bamdod namozi xozirda yozda kun uzun paytda farzning vakti 04[sup]15[/sup]da ukiladi, shom namoziga esa 19[sup]55[/sup]da takbir aytiladi. 1 oyda urta xisobda 2 marotaba bamdod namozini vaktida ado etishlikka Rabbim nasib etmayapti. Auzu billyaxi! Astagfirullox! Savol:1) Bamdod namozini ukib olish vakti yozda necha dakika, kishda necha dakika? (masalan: yozda 04[sup]15[/sup] bulsa 04[sup]45[/sup]gacha yoriklik bulib lekin kuyosh chikmaguncha?).2) Shom namozini ukib olish vakti yozda necha dakika, kishda necha dakika? (masalan: yozda 19[sup]55[/sup] bulsa 19[sup]25[/sup]gacha kuyosh botgan tomonda ozgina yoriklik ilFansa bas, ukib olsa buladi deb etishgan edim?).Alloxim barcha namozlarimizni vaktida ado etishlikka nasib etgan bulsin. Omin. Alloxu akbar.Subxanalloxi!!! La xavla vala kuvvata illa billyaxil aliyul a’zim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namoz vaqtlari haqidagi fiqh kitoblarida keltirilgan ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganish kerak.Bomdodning vaqti ufqda ko‘ndalang bo‘lgan fajrdan boshlab to quyosh chiqqunchadir. Peshinning vaqti har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha. Zavol paytidagi soyadan boshqa. Bir rivoyatda bir barobar deyilgan. Asrning vaqti o‘shandan quyosh botguncha. Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir. Xufton va undan keyin Vitr mazkur vaqtdan to fajrgachadir. Ikkisiga bir xil. Fajrni oqarganda boshlash mustahabdir. Toki qirq oyatni tartil qilishga va tahorati yo‘qligi zohir bo‘lib qolsa yana qaytarishga imkon bo‘lsin.Yozda Peshinni kechga surish mustahabdir. Asrni ham modomiki, quyosh o‘zgarmasa. Shuningdek, Xuftonni kechaning uchdan birigacha va uyg‘onishga ishonchlilar uchun Vitrni oxirigacha.Qishda Peshin va Shomni erta o‘qiladi. Bulutli kunda Asr va Xuftonni erta o‘qiladi. Ikkisidan boshqani kech o‘qiladi.
20 Апрел 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 150 | Boshqa ibodatlar