Ummat bo‘lishadimi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, kofirlar ya’ni islom dinida bo‘lmagan kishilar ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlari hisoblanadilarmi?
2). Barchamiz maktabda tarix fanidan dars olganmiz. Unda xar xil xudolar deb nomlab olishgan iloxlar deb o‘qiganmiz. Masalan o‘shani ismi va ketidan ezgulik va oy xudosi kabilar. Shu bilan biz shirk qilgan bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Islomga chaqirilishi uchun ummat hisoblanadi, lekin iymon keltirgan ummatlaridan hisoblanmaydi. 2). Agar uni e’tiqod qilib, qabul qilsa shirk hisoblanadi. Ma’lumot sifatida o‘qish shirk emas. Yakka yagona Alloh taolodan boshqani Xudo deb bilish Allohga shirk keltirish hisoblanadi. Bir kishi bir chaqaloqni tug‘ilishiga sabab bo‘lsa, uni hamma tomonlama ta’minlab ulg‘aytirsa, albatta o‘sha farzandda otaning haqqi bo‘ladi. Bu inkor qilinmaydigan haqiqatdir. Bir ota farzandini shunchali izzat-ikrom qilsa, ulg‘aygunicha barcha ta’minotini qilsa, bola balog‘atga etib aqlini tanigach esa qo‘shni erkakni otam deb da’vo qilib o‘z otasidan yuz o‘girsa, hamma unday farzandni la’natlaydi, nonko‘rlikda ayblaydi va unday farzandni har qanday jazoga loyiq deb biladi. Alloh taolo ham bandani yo‘qdan bor qilsa, rizqini bersa, hamma ne’matlariga ko‘mib qo‘ysayu, banda aqlini tanigach qaysidir o‘zi qo‘li bilan yasab olgan butni yoki o‘zi kabi bir bandani xudo deb sig‘insa, hojatini ravo qiluvchi, baxt-saodatini uning qo‘lida deb bilsa unday bandani nima deyish mumkin? عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: بَيْنَا أَنَا رَدِيفُ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَيْسَ بَيْنِي وَبَيْنَهُ إِلَّا أَخِرَةُ الرَّحْلِ، فَقَالَ: «يَا مُعَاذُ». قُلْتُ: لَبَّيْكَ رَسُولَ اللهِ وَسَعْدَيْكَ. ثُمَّ سَارَ سَاعَةً ثُمَّ قَالَ: «يَا مُعَاذُ». قُلْتُ: لَبَّيْكَ رَسُولَ اللهِ وَسَعْدَيْكَ. ثُمَّ سَارَ سَاعَةً ثُمَّ قَالَ: «يَا مُعَاذُ». قُلْتُ: لَبَّيْكَ رَسُولَ اللهِ وَسَعْدَيْكَ. قَالَ: «هَلْ تَدْرِي مَا حَقُّ اللهِ عَلَى عِبَادِهِ؟» قُلْتُ: اللهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: «حَقُّ اللهِ عَلَى عِبَادِهِ أَنْ يَعْبُدُوهُ وَلَا يُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا». ثُمَّ سَارَ سَاعَةً ثُمَّ قَالَ: يَا مُعَاذُ بْنَ جَبَلٍ». قُلْتُ: لَبَّيْكَ رَسُولَ اللهِ وَسَعْدَيْكَ. فَقَالَ: هَلْ تَدْرِي مَا حَقُّ الْعِبَادِ عَلَى اللهِ إِذَا فَعَلُوهُ؟ قُلْتُ: اللهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: حَقُّ الْعِبَادِ عَلَى اللهِ أَنْ لَا يُعَذِّبَهُمْ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga mingashib olgan edim, oramizda egarning suyanchig‘igina bor edi. Bir payt u zot: «Ey Mu’oz!» dedilar. «Labbay, Allohning Rasuli, amringizga muntazirman!» dedim. Keyin bir muddat yurib, yana: «Ey Mu’oz!» dedilar. «Labbay, Allohning Rasuli, amringizga muntazirman!» dedim. Keyin bir muddat yurib, yana: «Ey Mu’oz!» dedilar. «Labbay, Allohning Rasuli, amringizga muntazirman!» dedim. «Allohning O‘z bandalaridagi haqqi nima, bilasanmi?» dedilar. «Alloh va Uning Rasuli biladi», dedim. «Allohning bandalardagi haqqi U Zotga ibodat qilishlari va U Zotga hech narsani sherik qilmasliklaridir», dedilar. Keyin bir muddat yurib, so‘ng: «Ey Mu’oz ibn Jabal!» dedilar. «Labbay, Allohning Rasuli, amringizga muntazirman!» dedim. «Agar shunday qilsalar, bandalarning Allohdagi haqqi nima, bilasanmi?» dedilar. «Alloh va Uning Rasuli biladi», dedim. «Bandalarning Allohdagi haqqi ularni azoblamasligidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 06:22 | Савол-жавоблар | 177 | Dolzarb savollar