sigaret taxoratni sindirishi

assalomu alaykum muxtaram Shayx xazratlari ! Man yakinda shu saytda sigaret chekish taxoratni sindirishi xakida ukib xayron bulib koldim.Kaysi ozmi-kupmi ilmi bor tanishimdan suramay, "Kaysi koidaga asosan sindiradi?"-degan gapni eshityapman. Sizdan ming xijolat bilan surayapman Iltimos shunga oydinlik kiritib bersangiz.Bizga ilm bulib kolsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap sigaret harom degan gap asosida aytilgan. Harom narsani ichiga yutib, og‘zini ham harom qilib yurgan odamni pok odam, ozoda odam, orasta odam deyish mumkin bo‘lmaganidan aytilgan. O‘sha ilmi bor tanishlaringizdan, harom narsani qaysi qoida asosida tushunmayotganlarini so‘rang.

27 Апрел 2022, 06:44 | Савол-жавоблар | 159 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar