Istig‘for va tavba

Assalomu alaykum! Ustozlar, barcha javoblar uchun rahmat.  Istig‘for nima va uning eng afzali qanday qilinadi?
2). O‘qishim bo‘yicha katta gunoxlar nomoz orqali yuvilmas ekan. Ustozlar, o‘tgan safar hadislar orqali tavba haqda malumot berdingiz, lekin yaxshi tushunmadim.
Iltimos menga odiy qilib. Qanday yo‘llar bilan katta gunoxlarni yuvish ya’ni tavba qilish mumkun? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Sayyidul istig‘forni ko‘p o‘qing. U quyidagi linkda berilgan. https://savollar.islom.uz/savol/125382 2). Gunohlarga olib boruvchi do‘stlar, sabablar va muhitlardan uzoqlashish kerak. Ulamolarimiz tavbani qilib, yana gunohda davom etuvchilarni balchiqda turib, yuvinuvchi kishiga o‘xshatadilar. Qancha yuvinmasin, yana balchiqqa bulg‘anib qolaveradi. Shuning uchun avval balchiqdan chiqib, keyin yuvinish kerak. Tavba qilish o‘sha qilgan gunohga nadomat qilib, unga qayta qo‘l urmaslikka azmu qaror qilish bilan bo‘ladi. Mabodo bandalik qilib yana sodir bo‘lsa, yana shunday qilish kerak. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 06:55 | Савол-жавоблар | 175 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar