Azon aytilgan paytda
Assalomu alaykum! Kattalardan eshitganman, azon aytilgan paytda ovqat tayyor bo‘lsa, nafsingni ozgina to‘ygazib ol, keyin namoz o‘qigin deyishgan. Shu haqida ma’lumot bersangiz iltimos. Shu haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari bormi? Javoblar uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا وُضِعَ الْعَشَاءُ وَأُقِيمَتِ الصَّلَاةُ فَابْدَءُوا بِالْعَشَاءِوَفِي رِوَايَةٍ: إِذَا قُدِّمَ الْعَشَاءُ فَابْدَءُوا بِهِ قَبْلَ صَلَاةَ الْمَغْرِبِ، وَلَا تَعْجَلُوا عَنْ عَشَائِكُمْ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kechki taom qo‘yilsa-yu, namozga iqomat aytilsa, kechki taomdan boshlanglar», dedilar». Boshqa bir rivoyatda:«Kechki taom taqdim qilinsa, Shom namozidan oldin undan boshlanglar. Kechki ovqatingizda shoshilmanglar», deyilgan.Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.Sharh: Namoz bilan taom bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa-yu namozning vaqti bemalol bo‘lsa, oldin taom tanovul qilishdan boshlanadi. Chunki insondagi taomga bo‘lgan ehtiyoj namoziga putur etkazishi mumkin. Namozda ham xayoliga taom kelib, namoz o‘qigandek bo‘lmaydi. Namozni zehn va fikr xoli bo‘lganda o‘qish kerak. Shuningdek, kishining xayolini olib qochadigan taomga o‘xshash boshqa ehtiyojlar bo‘lsa, avval ularni qondirib olib, keyin xotirjam ravishda, ko‘ngilni bir joyga qo‘yib, namoz o‘qishni boshlash lozim. وَعَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: لَا صَلَاةَ بِحَضْرَةِ الطَّعَامِ، وَلَا هُوَ يُدَافِعُهُ الْأَخْبَثَانِ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Taom hozir bo‘lganda namoz yo‘q. Uni ikki (tomondagi) chiqindi qistab turganda ham», dedilar».Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Taom hozir bo‘lganda namozni keyinga surish. Albatta, namozning vaqti chiqib ketguncha taom eb o‘tirilmaydi. 2. «Zahar tang» qilib turgan odam ham namoz o‘qimasin. 3. Qazoi hojati qistab turgan odam ham namozini keyin o‘qisin. 4. Qorni dam bo‘lib, el qistab turgan odam ham namoz o‘qimasin. Bunday hollarda bo‘shanib olib, yangi tahorat qilib, keyin xotirjam namoz o‘qiladi.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:24 | Савол-жавоблар | 161 | Hadislar