Avratni ushlasa tahorat buziladimi?

Assalomu alaykum! Agar erkak kishi jinsiy a’zosini (shahvatsiz) ushlasa tahorati buziladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buzilmaydi. عن القاسم عن أبي أمامة رَضِي اللهُ عَنْهُ أن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سئل عن مس الذكر فقال : هل هو إلا جذوة منك  Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Nabiy sollallohu alayhi vasallam zakarni ushlash haqida so‘raldilar. Shunda “U sendan bir a’zo xolos” dedilar. Bundan tashqari Termiziy, Ibn Moja rahmatullohi alayhimlar ham zakarni ushlashda tahorat ketkazmasligi haqida hadislar rivoyat qilganlar. Bu erda ushlasa tahorat ketish yoki ketmasligi haqida gap ketmoqda. Ushlasa bo‘ladimi yoki yo‘qmi masalasi boshqa narsa. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 07:39 | Савол-жавоблар | 185 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar