Andoza ko‘chirib olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bir tanishim bilan bir masalada tortishib qoldik. Biz tikuvchilik bilan shug‘illanamiz, men yangi fasondagi kiyimni bichish andozasini o‘rganmoqchi edim. Tanishim biron tayyor chet el molini sotib olib shundan aqling etganicha ko‘chirib tikaver deb aytdi. Men u aytganidek biror tayyor molni sotib olib shundan andoza olsam bo‘ladimi? Bu mavzu ko‘pchilik tikuvchilar uchun muhim deb o‘ylayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mualliflik huquqi poymol qilinmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 07:50 | Савол-жавоблар | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar