Qaynonamni aytganini qilaymi yoki erimni?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, menda shunday holat. Men birinchi turmushim buzilib ikkinchi bor turmush qurdim. Birinchi turmushimdan ikkita farzandim bor. Men erimga ikkinchi oilasiman. Erim judayam farzand xoxlayaptilar lekin onam (o‘zimning) mening tug‘ishimni xoxlamayaptilar, men seni tug‘ishinga noroziman deb o‘tiriptilar. Bundan(2015) 2 yil aval men xomilador bo‘lib qolgan edim(yana ikki yil aval (2013)bolamni abort qilishga majbur qildilar). O‘shanda men norozi deb men bilan gaplashmay yuruvdilar. Keyin bolam 7 oylik tug‘ilib 1 kun yashab nobud bo‘ldi. O‘shandan keyin men bilan gaplashdilar. Endi erim yana menga bola tug‘ib ber deb o‘tiriptilar, lekin onam yana men norozi deb o‘sha gaplarini aytayaptilar. Hurmatli ustozlar shunday xolatda men qanday yo‘l tutishim kerak? Erimni aytganini qilsam onam norozi, onamni aytganlarini qilsam erim norozi. Sizlardan iltimos men qanday yo‘l tutishimni maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farzand ko‘ring. Onangizni bu borada norozilik qilishga haqqi ham va noroziligini e’tibori ham yo‘q. Sizni asosiy vazifangiz eringizni roziligini topish.  Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 08:23 | Савол-жавоблар | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar