Xar xil savollar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda qiyomat kuni haqida video ko‘rgandim. Unda Isrofil alayhissalom ikkinchi martda sur chalganidan keyin insonlar qayta tirilar ekan va Alloh tamonidan savol-javob boshlangunga qadar insonlar 70 yil qattiq azoblanar ekan. Shu 70 yilda faqat do‘zax ahli azoblanadimi yoki hamma insonlarmi?
2). Inson bir marta bilib bilmasdan folbinga borib yoki boshqa yo‘l bilan shirk qilib qo‘ysa(shirk kechirilmaydiku), keyin namoz o‘qib tovba qilsa, bari bir do‘zaxiy bo‘ladimi?
3.Namoz o‘quvchilarda xayoli joyidamas, namoz o‘qiganda ko‘z oldiga dunyo ishlari kelsa, xayolidan dunyo ishlari o‘tsa, namozimiz qabul bo‘lmaydiku. Shuning uchun ixlosni kuchaytirish uchun va nafsni sindirish uchun, nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عائشة رضي الله تعالى عنها قالت: سمعت رسول الله -صلى الله عليه وسلم- يقول: يحشر الناس يوم القيامة حفاة عراة غُرْلاً ([1]) قلت: يا رسول الله، الرجال والنساء جميعاً ينظر بعضهم إلى بعض؟، قال: يا عائشة الأمر أشد من أن يُهمهم ذلك، وفي رواية: الأمر أهم من أن ينظر بعضهم إلى بعض، متفق عليه Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Qiyomat kuni bo‘lganida odamlar yalang oyoq, yalang‘och hatna qilinmagan holatlarida qayta tiriladilar” deyayotganlarini eshitib: “Ey Allohning rasuli erkagu ayollar hammasi bir-biriga qaraydimi” dedim. U zot “Ey Oisha ish(o‘sha kunda bo‘ladigan holat) bu(qarash) narsa ularning xayoligi kelshidan qattiqroqdir”. Muttafaqun alayh. Alloh taolo “Abasa” surasida marhamat qiladi: يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ۝  وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ۝ وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ۝ 34. u Kunda kishi o‘z aka-ukasidan qochadir… 35. va onasi va otasidan… 36. va xotini va bola-chaqasidan. Ya’ni qiyomatning dahshatidan hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qoladi. Hatto hech kimning aka-ukasi, ota-onasi va xotiniyu bola-chaqasi bilan ham ishi bo‘lmay qoladi. Bu dunyoda inson boshiga og‘irlik tushgan xotini, bola-chaqasi, ota-onasi va aka-ukasiga yordamga shoshiladi. Mazkur kishilarga kattadir-kichikdir musibat etganda, yordam berish burch, yordam bermaslik esa or-nomus hisoblanadi. Ammo qiyomat qiyinchiligida esa inson mazkur kishilarni ham tashlab qochadi. لِكُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ۝ 37. U Kunda ulardan har bir kishini ovora qiluvchi o‘z ishi bor. 2). Qilgan ishiga tavba qilgan holda o‘lsa, Alloh taolo tavbalarni qabul qilishini va’da qilgan. Shirkni kechirilmasligi tavba qilmay o‘tganlargadir. 3). Ulug‘larning ibodatlariga va amallariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘proq o‘qish kerak. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 08:23 | Савол-жавоблар | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar