Qaynonalar uchun kitob
Assalamu alaykum! Ustozlar sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman. Oila qurganimga 5 yil bo‘ldi, onam aytgan qizga uylanganman. Alloh bir o‘g‘il bir qiz farzand berdi. Uyda hammamiz nomoz o‘qiymiz Alhamdulillah, lekin uyimizda halovat yo‘q. Onam bilan ayolim hech kelisha olmaydilar, ikki o‘t orasida qolganman. Alloh kechirsin onam, oddiy narsalardan urish chiqarib ayolimni ko‘p uradi, lekin men hech narsa qilolmayman. Onamga so‘zi o‘tadigan hech kim ham yo‘q. O‘zim yilda 7-8 oy musofirchilikda ishlab kelaman, uydan shunchalik bezibmanki hech uyga borgim kelmaydi. Ammo farzandlarimni juda sog‘inaman. Nima qilishni bilmay boshim qotgan, uyimizda hamma narsa etarli, onamga mashina ham olib berganman, xullas kamchilik yo‘q. Maslahat beringlar nima kilay? Bizlarni duo qilinglar, qolaversa yangi qaynona bo‘lgan onalarimizga biror bir kitob chiqarsangizlar, ozgina ilm olsalar oilalar tinch bo‘larmidi!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muoviya roziyallohu anhu : “Men qo‘l ostimdagilarni bitta soch tolasi bilan boshqaraman. Ular soch tolasini tortganida, uzlmasligi uchun bo‘sh qo‘yaman, ular bo‘sh qo‘yishlari bilan o‘zimga tortaman” deganlar. Ayolingiz shu usulni qo‘llab ko‘rgani ma’qulroq.
“Baxtiyor oila” kitobini o‘qishni maslahat beramiz. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:01 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar