Yutuqli o‘yin

Assalomu alaykum! Biznes ochmoqchi edim. Biznes turi shundan iborat. Ko‘proq bunaqa shaxobchalar parklarda uchraydi. Mijoz pul to‘laydi  va o‘yinda ishtirok etishni boshlaydi. Unga koptokcha beriladi. Mijoz koptokchani teshiklar tomon dumalatadi va koptok raqam bilan belgilangan teshikka borib tushadi. Raqam aniqlangach, oldindan sovg‘a tayyorlab qo‘yilgan katakchadan tushgan raqamga qarab sovg‘a beriladi. Bu biznes turi bilan shu0illansa bo‘ladimi? Xaar bir ishtirokchi sovg‘a oladi. Yutqazish yo‘q. Lekin sovg‘aning narxi ishtrok etish uchun berilgan puldan qimmat yoki barabar yoki arzon bo‘lishi mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ham qimorga kiradi. O‘ynash joiz emas. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 09:18 | Савол-жавоблар | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar