Kechirimli bo‘lish
Assalomu alaykum! Kanaldagi savol javoblarni o‘qib turaman. Ko‘p narsa o‘rgandim. Odam kechirimli bo‘lishi kerak, buni bilaman. Lekin xayolimdagi yomon fikrlarni ketkizolmayman. Bir xillarda odamni shunchalik yomon ko‘rish mumkinmi deb qo‘rqib ketaman. Buni davolasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Allohning rahamatini umid qilsangiz kechirishni ham o‘rganing. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu doimiy sadaqa qilib nafaqasini qilib turadigan sahoba, qizlari Oisha onamizga ifk(zinoga nisbatini berish) tuhmatiga aralashib qoldi. Qanchalar nafratlanadigan ish qilganini o‘zingiz tasavvur qilavering. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu undan nafaqasini to‘xtatib qo‘ydilar. Shunda Alloh taolo “Nur” surasida: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ وَمَن يَتَّبِعْ خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ فَإِنَّهُ يَأْمُرُ بِالْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ مَا زَكَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ أَبَدًا وَلَكِنَّ اللَّهَ يُزَكِّي مَن يَشَاء وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 21. Ey iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fahsh va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bo‘lmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh O‘zi xohlagan kishini poklar. Alloh o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir. Oisha onamiz gaplarida davom etib, yana quyidagilarni aytadilar: «Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida, Abu Bakr (u kishi qarindosh bo‘lgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turar edilar): «Allohga qasamki, Oisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», – dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: وَلَا يَأْتَلِ أُوْلُوا الْفَضْلِ مِنكُمْ وَالسَّعَةِ أَن يُؤْتُوا أُوْلِي الْقُرْبَى وَالْمَسَاكِينَ وَالْمُهَاجِرِينَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلْيَعْفُوا وَلْيَصْفَحُوا أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغْفِرَ اللَّهُ لَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 22. Sizlardan fazl va boylik egasi bo‘lganlar yaqin qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yo‘lida muhojir bo‘lganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, o‘tib yuborsinlar. Allohning sizlarni mag‘firat qilishini sevmaysizlarmi?! Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Abu Bakr roziyallohu anhu darhol: «Ha! Allohga qasamki, albatta, Alloh meni mag‘firat qilishini xush ko‘raman, – dedilar va Mistohga berib yurgan nafaqalarini qaytadan joriy qildilar. So‘ngra: – Allohga qasamki, bu nafaqani undan hech uzmayman, – dedilar». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Alloh taolo sizga ham Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga bergan mukofotni xohlasangiz g‘animat bilib foydalanib qoling. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 09:29 | Савол-жавоблар | 175 | Ruhiy tarbiya