Imo-ishora bilan namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, o‘zim haqimda qisqcha aytib o‘tsam; yoshim 16da, nogironman, mana chamasi olti yildirki bir joyda o‘tiraman. Yaqinda onam imo-ishora bilan namoz o‘qishim mumkinligi haqida gapirib qoldilar. Shu vaqtgacha namoz o‘qishim imkonsiz deb o‘ylardim, lekin Allohga shukurki buni iloji bor ekan. Onamni gaplaridan keyin internet tarmog‘idan imo-ishora bilan namoz o‘qish haqida malumot topdim, so‘ng menda bir-nechta savol paydo bo‘ldi va sizlardan so‘rashga qaror qildim. Bu erda: «Bemor kishi qiblaga o‘girilib olishga kuchi etmasa yoki yordam beradigan odam ham topa olmasa, qaysi tomonga qarab namozini o‘qisa ham bo‘laveradi. Keyin qayta o‘qimaydi. Ammo qiblaga qaratib qo‘yadigan odam bo‘la turib, undan yordam so‘ramay, boshqa tomonga qarab o‘qigan namozi durust emas» deyilyabdi. Men hozir qiblaga teskari holda o‘tiribman, o‘tirgan joyimdan qimirlatish qiyin, tanam juda ham bo‘sh agar onamga meni qibla tomonga qaratib qo‘yishlarini aytadigan bo‘lsam bunda onamni ham o‘zimni ham qiynab qo‘yamanmi deb o‘ylayman. Bu holatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Imo-ishora bilan namoz o‘qishda quyidagi harakatlarni ham bajarish kerakmi:
«Erkaklar qo‘llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi.
Qo‘llar bog‘lanadi. Erkaklar o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l ustiga qo‘yishadi. O‘ng qo‘lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo‘l bilagini ushlashadi.
Jalsada qo‘llar, barmoqlar o‘z holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng bo‘lishi lozim.» agar bu harakatlarni bajara olmasa nima qilish kerak?
Savolim uzun bo‘lib ketgani sizlardan uzr so‘rayman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘ldan kelganicha qanday holatda o‘qiy olsa o‘shanday o‘qiyverish kerak. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 10:24 | Савол-жавоблар | 214 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar