Bani Isroil xususida
Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, Bani Isroil xalqi qay yo‘l bilan yahudiy xalqiga aylangan va yahudiy so‘zining ma’nosi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Isroil» Ya’qub alayhissalomning ismlaridan biridir. Bani Isroil degani «Isroilning farzandlari», degan mo’noni bildiradi. Mazkur nomlarning paydo bo‘lishi qaysi davrga borib taqalishi borasida olimlar orasida turli xil fikrlar mavjud. «Yahudiy» atamasining kelib chiqishi. Banu Isroilning 12 qabilasiga asos solgan Ishoq alayhissalomning o‘g‘illari Ya’qub alayhissalomning to‘rtinchi o‘g‘lining ismi «Yahuda» bo‘lgan va shu ismga monand ravishda «yahudiy» atamasi shakllangan, deyiladi. Mazkur qarashga qo‘shimcha sifatida yahudiy ilohiyotchi olimlaridan Eliyahu Essas: «Bizlarning ushbu nom bilan atalishimizning mohiyatiga e’tibor qaratsak, unda chuqur bir ma’noni anglash mumkin. Unga ko‘ra, Yaratgan bilan o‘zaro bog‘liqlik hamda Unga shukronalik yotadi. Chunki, ushbu so‘zning ivrit tilida o‘zak qismlarga ajratib, grammatik asosda o‘rganiladigan bo‘lsa, «shukronalik»ma’nosi kelib chiqadi», deb ta’kidlaydi. Yana bir qavlga ko‘ra, Muso alayhissalomning «Biz senga tavba qildik»so‘zlariga tayangan holda, yahudiy so‘zi arabcha (hoda) o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, «qaytish» va «tavba qilish» ma’nolariga ega, deb ta’kidlaydi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 10:46 | Савол-жавоблар | 201 | Siyrat va tarix