Shaxvat nima?
Assalomu alaykum! "Shaxvat" suzi nimani anglatadi? U xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shahvat Alloh taolo tarafidan insonning tabiatiga joylashtirilgan quvvat bo‘lib, o‘sha narsa insonni harakatga keltiradi. U bo‘lmasa inson jonsiz narsadek bo‘lib qoladi. Uni nafs deb ham aytiladi. Uning misoli mashoyixlar ta’rifiga ko‘ra yovvoyi otga o‘xshaydi. Uni qo‘lga olib, jilovlab, to‘g‘ri maqsadlarda foydalanilsa inson kamol topadi va robbisining roziligiga erishadi. Arablarda “Nafsing seni markab(ulov)ing hisoblanadi. Maqsadinga etishtiradi” degan bir maqol bor. Ya’ni kimda bu narsa qanchalik darajada kuchli bo‘lsa, jilovlab to‘g‘ri yo‘lga solinsa tezroq maqsadiga etishtiradi. Masalan g‘azabi kuchli inson g‘azabini yuta olsa Alloh taolo O‘zining eng muqarrab bandalarini sifatlab “achchig‘ini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir” degan darajaga erishadi. Uni jilovlay olmaslik va uning ortidan yurish insonni halokatga tashlaydi. Chunki nafsning odati harom narsalarga ko‘proq moyil bo‘ladi. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:41 | Савол-жавоблар | 230 | Dolzarb savollar