Is chiqarish
Assalomu alaykum! Payshanba kuni is chiqazish, chalpak, qatlama qilib osh qilish, o‘tganlar ruhiga bag‘ishladim deyish to‘g‘rimi? Dovud pirimni kuni bor emish. Har kunning o‘z taomi bormish. Shanba kuni somsa qilishni boshlasez, har shanba qilishiz kerakmish. Shu gaplar asoslimi? Shunday usullar bilan so‘rash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularning birortasi ham asosli emas, joiz ham emas. Alloh taolo “G‘ofir” surasi 60-oyatida marhamat qiladi : وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», – dedi. Allohga banda tomonidan qilinadigan duo, ibodat lug‘atda bir xil ma’noni bildiradi. Duo va ibodat xoh so‘zdan iborat bo‘lsin, xoh amaldan, banda tomonidan Alloh taoloning roziligini izlashdir, iymon ila U Zotning roziligini so‘rashdir. Duo va ibodat bandaning Alloh taolo huzurida o‘zining hojatmand ekanini e’tirof etishidir. O‘zining nochorligiyu ojizligini tan olishidir. Bu ishni faqat iymoni borlargina, qalb ko‘zlari ochiqlargina, o‘zining kimligini anglab etganlargina, insof qilganlargina, qalbida Allohga nisbatan kibru havo bo‘lmaganlargina qiladilar. Buni bandaga Allohning O‘zi buyurgandir. «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman». «Menga duo qiling, qabul etaman, menga iltijo qilib, hojatingizni so‘rang, so‘raganingizni beraman», – deydi Alloh taolo. Ojizligini, hojatmandligini e’tirof etib, duoni qabul qiluvchi Zotning jaloliga munosib odob-axloq bilan so‘rash bandaning ishi. Qolgani esa Alloh taoloning O‘ziga havola. Hazrati Umar roziyallohu anhu: «Men ijobat tashvishini chekmayman, men duo tashvishini qilaman. Menga duo qilish ilhom etilsa, ijobat ham qilinadi», – der ekanlar. Ha, Alloh O‘ziga iymon bilan duo qilganlarning duosini ijobat etadi, ibodatlarini qabul qiladi. Ammo shu bilan birga, «Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», – dedi». Ammo, o‘zini bilmaganlar, Allohga duo qilishdan, ibodat etishdan kibr ila o‘zlarini yuqori ko‘rganlar, qalb ko‘zi ko‘r bo‘lganlar jahannamga kiradilar. Kirganda ham, xoru zor bo‘lib kiradilar. Agar ular Allohning ne’matlariga ibrat bilan qaraganlarida, U Zotning naqadar buyukligini anglab etgan bo‘lar edilar. Allohning ibodatidan zinhor yuz o‘girmasdilar, aslo kibru havo qilmasdilar. O‘ylab ko‘ringlar, ey odamlar! (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Nega insonlar buyuk qudrat Egasini qo‘yib, hatto o‘zining oqibati nima bo‘lishi bilmagan "zot"larga chopadilar va hojatini so‘raydilar? Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 10:57 | Савол-жавоблар | 259 | Aqiyda