O‘zi bilan teng yoki katta qizga uylanish
Assalomu alaykum! Qilayotgan xizmatlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. O‘zi bilan yoshi teng bo‘lgan qizga uylanish yaxshi emas degan gap eshitgan edim. Bunga shariat nima deydi? Agar qiz har tomonlama juda mos bo‘lsayu, yoshi teng bo‘lsa boshqa qiz qidirish afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunga shar’an mone’lik yo‘q, lekin shariatimizda turmush o‘rtoqni tanlashdagi mezonning biri quyidagi hadisda berilgan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: تُنْكَحُ الْمَرْأَةُ لِأَرْبَعٍ: لِمَالِهَا، وَلِحَسَبِهَا، وَلِجَمَالِهَا، وَلِدِينِهَا فَاظْفَرْ بِذَاتِ الدِّينِ تَرِبَتْ يَدَاكَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayol to‘rt (narsasi) uchun nikohlanadi: moli uchun, hasabi uchun, jamoli uchun va dini uchun. Bas, dindorini tanla, qo‘ling tuproqqa qorilgur», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Ayol kishiga uylanishdan oldin uning qiziqtiradigan sifatlariga qaraladi. Ushbu hadisi sharifda o‘sha nikohiga rag‘bat qilinadigan ayolda bo‘lishi lozim bo‘lgan yaxshi sifatlardan to‘rtta eng mashhuri va ommaviysi haqida so‘z ketmoqda. Agar ushbu to‘rt sifat – mol ham, jamol ham, hasabu nasab ham dinu diyonatga qo‘shilib, bir qizni muzayyan qilib tursa, albatta, yaxshi. Ammo mazkur to‘rt sifat bir-biri bilan solishtirilsa, ular orasida dindorlikka teng keladigani yo‘q. Balki qolganlariga yana boshqa bir qancha yaxshi sifatlar qo‘shilsa ham, dindorlik sifatiga eta olmaydi. Chunki moldorlik vaqtincha. Qolaversa, mol-mulkining ko‘pligi kelinning hovliqishiga, kuyovni va uning yaqinlarini mensimasligiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Dindorlik bo‘lmagan joyda moldorlik ko‘pgina noqulay ishlarga sabab bo‘lishi turgan gap. Hasab so‘zi obro‘-e’tibor, sharaf, nufuz degan ma’nolarni anglatadi. Hasabu nasabi yaxshi kelin albatta, yaxshi. Lekin faqat hasabu nasabiga ishonish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Ota-ona, bobo-momolar yaxshi o‘tgan bo‘lsalar, yaxshi, lekin ular uylarida qoladilar. Kuyovnikiga faqat kelin keladi. Agar kelin dindor bo‘lmasa, hasabi va nasabi bilan faxrlanib, kuyovni va uning yaqinlarini xijolat qilishi mumkin. Jamol ham o‘zicha yaxshi narsa. Lekin bu ham o‘tkinchi. Ma’lum muddatdan keyin kelinning jamoli o‘zgarishi turgan gap. Buning ustiga, faqat jamolga suyanib ish qilish ham yaxshilikka olib bormaydi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dindor kelinni ixtiyor qilishga buyurmoqdalar. Dindorlik haqiqiy va bardavom yaxshi sifatdir. Kelin dindor bo‘lsa, kuyovni va uning yaqinlarini hurmat qiladi. Oilaning haqiqiy ustuni va porlab turgan chirog‘i bo‘ladi. Undan dunyoga keladigan farzandlar ham ajoyib insonlar bo‘lib etishadilar. Dindor kelin o‘z burchi va mas’uliyatlarini shariat ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘liq ado etib yashaydi. Dindorlik haqiqiy boylikdir! Dindorlik haqiqiy hasab va nasabdir! Dindorlik haqiqiy go‘zallikdir! Shuning uchun ham qizlarimizni dindor qilib tarbiyalashga urinishimiz kerak. Shuning uchun kelin tanlaganimizda dindor kelinni tanlashimiz lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 11:19 | Савол-жавоблар | 173 | Oila va turmush