Kalom yoki Kalom ilmi nima?

Assalamu alaykum, Shayx hazratlari. Sizdan Kalom ilmi haqida so‘ramoqchi edim. Ba’zilar “Kalom ilmi” deganda adashgan ba’zi toifalarning noto‘g‘ri aqidasini tushunishsa, boshqalar “Kalom ilmi” Ahli sunna val jamoaning sof aqidasi ekanini aytishadi. Kimdir uni o‘rganish mumkin emas desa, kimdir uni o‘rganish kerak deydi.1. Ularning qaysi biri haq?2. Yo “Kalom ilmi” avval adashgan toifalarning e’tiqodini, keyin esa sof Ahli sunna val jamoa aqidasini anglatganmi?3. Agar shunday bo‘lsa qachon va nima sababdan “Kalom ilmi” degan tushunchaning ma’nosi o‘zgargan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kalom ilmi sof Islomiy ilmdir, deganlarning gapi yuz foiz to‘g‘ri emas. Shuningdek, kalom ilmi yunon falsafasining farzandi deganlarning so‘zi ham to‘g‘ri emas. Balki kalom ilmida mazkur ikki tarafdan ham bor. Mutakallimlar aqiyda masalalarida salafi solihga o‘xshab faqat Qur’on va Sunnatga suyanib qolmay, ba’zi falsafiy va fikriy gaplarni ham keltirganlar. Ular avval Islom ta’limotiga binoan e’tiqod qilinishi lozim narsalarni aytib turib ularning to‘g‘riligiga aqliy dalillar keltirishga harkat qilganlar.Imom G‘azoliy bu borada o‘rtacha yo‘l tutganlar va ilmi kalomda yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligini ta’kidlab, u bilan faqat mutaxasis olimlar mashg‘ul bo‘lishi kerakligini uqtirgan. Bu fikrlarni tadqiq qilib o‘rgangan olimlar, ilmi kalomni tanqid qilganlar undagi adashuvlarni tanqid qilganlar. Uni madh qilganlar esa foydali taraflarini e’tiborga olganlar. Shuning uchun uning ijobiy taraflaridan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi, deganlar.Imom G‘azoliy aqiyda bobida Qur’oni Karim uslubi eng foydali va oson ekani va ilmi kalom vaqtinchalik choraligini bayon etganlar.

27 Апрел 2022, 11:19 | Савол-жавоблар | 190 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar