Niyatning o‘zi bilan ro‘za ochiladimi?

Assalomu alaykum! "Amallar niyatga bog‘liqdir" kitobidagi 105-betidagi (ro‘zasini ochgan ro‘zadorga) shu joyini o‘zimning aqlim bilan sal tushuna olmay turibman. Savol: Ro‘zador ro‘zasini ochish uchun hech narsa ichmay-emay niyat qilsa ro‘zasi ochiladimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ochish vaqti kirishi bilan biror narsa emasa ham, ochishni niyat qilmasa ham ro‘zasi ochiladi. Ochish vaqti kirmasidan avval ro‘zasini ochishni niyat qilsa ochilmaydi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:42 | Савол-жавоблар | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar