Shifobaxsh qo‘ziqorinlar
Assalomu alaykum ! Saxih hadislarda «Shifobaxsh qo‘ziqorinlar» xaqida biror bir ma’lumot keltirilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ سَعِيدِ بْنِ زَيْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْكَمْأَةُ مِنَ الْمَنِّ، وَمَاؤُهَا شِفَاءٌ لِلْعَيْنِ Sa’id ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Er osti qo‘ziqorini manning bir turidir* va uning suvi ko‘zga shifodir», dedilar». Izoh: «Mann» so‘zi aslida «ne’mat», «in’om» ma’nolarini anglatadi. Bu so‘z bobda keltirilgan oyatda Banu Isroilga tushirilgan egulikni bildirib kelgan. Shu e’tibordan, «Er osti qo‘ziqorini manning bir turidir» degan jumlani «Banu Isroilga tushirilgan mazkur eguliklardan biri er osti qo‘ziqorini edi» deb tushunish mumkin. Shuningdek, bu jumlani «Er osti qo‘ziqorini Allohninng beminnat ne’matlaridan biri», deb ham tushunish mumkin. Uni bunday xoslashning sababi shundaki, u insonlarga xuddi Banu Isroilga osmondan tushirilgan mann kabi hech qanday mehnat-mashaqqatsiz ato etilgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 11:52 | Савол-жавоблар | 188 | Tabobat