Qo‘yni pulini olish

Assalomu alaykum!  Bir yil oldin bir tanishimga 25 ta  qishda bolalaydigan qo‘yga o‘zaro kelishib pul bergan edim. Kelishuvimiz shundan iborat ediki, shu qo‘ylarni 1 yildan keyin bolalari bilan qaytarib berishi kerak edi. Endi shu qo‘ylarni bozorda, bozor narxiga solib pulini beray deyabdi. Shu pullani olsam xalol bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar qo‘ylarni sotib olib, endi sizdan shu kundagi qiymatini berib sotib olmoqchi bo‘lsa, joiz. Mabodo qo‘ylarni olmasdan pulni aylantirib, hozirgi kunga kelib qo‘y olganda, hozirgi kunda bo‘lganida shuncha pulga sotilar edi – deb pul berayotgan bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:14 | Савол-жавоблар | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar