Ajralish haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men yaqinda uylangan edim. Ayolim to‘ydan keyin betob bo‘lib qoldi. 2-3 marotaba davolandi baribir ijobiy tamonga o‘zgarish sezilmadi. Keyin kasallik tarixini ko‘rganimda 3 marotaba og‘ir operatsiyani boshidan o‘tkazgan ekan. To‘ydan oldin buni ota-onasi ham o‘zi ham yashirgan ekan. Operatsiya qilgan shifokorlar bu ayol farzandli bo‘lsa bola nuqsonli bo‘lib qolishi hamda o‘zi juda ham qiylanishini aytishdi. Ota-onasi “bizga farzandimiz kerak boshqa operatsiyaga yaramaydi, biz to‘y ko‘rib olsin degan maqsadda to‘y qilgan edik. Niyyatimizga etdik” degan so‘zlarni ta’kidlab o‘tdi. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ixtiyoringiz. Xohlasangiz taloq qilib yangisiga uylaning. To‘ydan oldin surishtirish kerak edi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 12:14 | Савол-жавоблар | 154 | Oila va turmush