Ikkinchi ayolga uylanish
Ustoz, men bir tanishimning iltimosiga ko‘ra bu savolni sizga yo‘llayabman, iltimos maslahat bersangiz. Savolni u kishining nomidan yozaman. Men oilaliman, 1 o‘g‘il va 2 qizim bor. Ular sog‘-salomat voyaga etib bormoqda. Oilamiz Allohga shukr nolimaydigan darajada. Ibodatlarni o‘z vaqtida bajarib kelishga harakat qilamiz. Ayolim, ayollarda uchraydigan kasallik bilan og‘ridi va davolatishga harakat kildik, lekin nailoj u bilan jinsiy aloqa qilib bo‘lmaydigan holga kelib qoldi. Buning sabablari juda ko‘p. Ayolim menga ikkinchi xotinga uylanib olishga rozilik bermoqda va o‘zi bunga boshchilik qilishga rozi. Men esa ikkita oilani moddiy tomondan ta’minlab borishga imkoniyatim etmasligidan bunga harakat qila olmayapman. Yana bir tomondan farzandlarimni oldida o‘zimni boshqa ayolni oldiga kirib ketishda aybdor sezayapman. Tanishlardan biri shunday taklif berib qoldi, ya’ni bizning uyimizdan biroz uzoqroqda eri olamdan o‘tib ketgan bir ayol 2 farzandi bilan yolg‘iz qolgan ekan. Bu ayol hech qanday moddiy yordamga muhtoj emas va u ayol 10-15 kunda bir borib kelishimga ham rozi ekan. Sababi shariatda asosan ayol kishi ersiz yurishi mumkin bo‘lmaganligi uchun. Shu sabalarga ko‘ra, savolimning mazmuni: Men birinchi oilam bilan bo‘laman, ularni moddiy tomondan ta’minlayman. Ikkinchi ayolimning oldiga 10-15 kunda bir borib kelaman va unga hech qanday moddiy yordam bera olmayman. Shu sharoit bilan ikkinchi xotinga uylanishim mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xotinning o‘zi rozi bo‘lsa. Ammo keyin aynib qolishga ham haqqi bor.
27 Апрел 2022, 12:36 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xotinning o‘zi rozi bo‘lsa. Ammo keyin aynib qolishga ham haqqi bor.
27 Апрел 2022, 12:36 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar