Sizdan Alloh rozi bo‘lsin!

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Din yo‘lida, insonlarni farovonligi yo‘lida, ilmni tarqatish yo‘lida qilayotgan barcha xizmatlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Sizga savol berish niyatim yo‘q. Tilaklarim bor. Sizga ixlosimiz juda baland. Kecha Bo‘rijar masjidiga keldingiz, katta rahmat. Alloh umringizni ziyoda qilsin, toki ilm ulashishda aslo charchamang. Ba’zida “Hazrat qanday qilib hammasiga ulgurar ekanlar” deb o‘ylanib qolaman. Allohdan sizga eng yaxshi niyatlarni tilayman. Oilangiz baxtiga, biz oddiy namozxonlar baxtiga, o‘zbek xalqi baxtiga sog‘-omon bo‘ling! Ramazon oyi muborak bo‘lsin! Assalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling.

26 Май 2022, 19:49 | Савол-жавоблар | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar