Jinsiy yaqinlik qilinsa, lekin urug‘ to‘kilmasa g‘usl qilinadimi?

Assalomu alaykum! Agar erkak ayoli bilan aloqada bo‘lsayu, maniy ayolini jinsiy azosiga tushmasa, ayolning g‘usl qilishi vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xatna qilingan joyi ayolning qiniga kirishi bilan ikkisiga ham g‘usl vojib  bo‘ladi. Ayni shu savol bo‘lganida Oisha onamiz “Men bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shu ish sodir bo‘lib, ikkimiz ham g‘usl qildik” deb javob berganlar. Shundan so‘ng hazrati Umar roziyallohu anhu maniy to‘kilmasa ham g‘usl vojib bo‘lishligiga fatvo chiqarganlar va bunga hamma sahoblar ergashganlar. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:47 | Савол-жавоблар | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar