40 kunlik chilladagi yaqinlik

Assalomu alaykum! Agar tuqqan ayolning 40 kunlik chillasi paytida 1 oyda nifosi(qoni) ketsa, eri bilan yaqinlik qilsa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayolning birinchi tug‘ishi bo‘lsa, qon to‘xtaganidan keyin yaqinlik qilsa bo‘ladi. Ikkinchi yoki uchinchi bor bo‘ladigan bo‘lsa, odatda bunday ayollarning nifosda odati bo‘ladi. Avvalgi odati etib kelmasidan avval qon to‘xtagan bo‘lsa, g‘usl qilib namozini boshlaydi. Lekin odat kuni etib kelmagunicha eri bilan yaqinlik qilmay turadi. Vallohu a’lam.

27 Апрел 2022, 13:19 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar