Qur’on eshitish haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men ish vaqtida telefonimga yozdirilgan Qur’on suralarini eshitib yurar edim. Bu holatimni bir qoriaka ko‘rib «bunday eshitishingiz bo‘lmaydi, chunki yoninggizdagi sheriklaringgiz eshitmasa gunohkor bo‘lasiz yoki naushnikda eshiting» deb aytdi. Naushnikda ko‘p eshitsam qulog‘imga zarari bo‘lyapti. Qoriakani aytganlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Eshitmasa”dan maqsad eshtilib tursada parvo qilmasa gunohkor bo‘lishadi. Shuni hisobga oling. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 14:13 | Савол-жавоблар | 215 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar