Sevish haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men bir odamdan sevgi haqida so‘ralganida uning: “nomahramni sevish harom” deganini ko‘rdim. Men esa “islomdan chetga chiqmagan holda sevib, sovchi qo‘yib uylansa bo‘ladi” dedim. U “dalil keltir” demoqda. Mo‘min odam sherigining xatosini tuzatishi kerak. Shuning uchun qimmatli vaqtingizni shu bema’ni savol bilan olishga majbur bo‘ldim. Buning uchun ma’zur tuting Hazrat! Hamma javoblaringizning har bir harfiga Alloh ajru hasanotlar bersin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sevish g‘oyibdan, ya’ni o‘zi bilan yolg‘iz qolmay, shariatga xilof ish qilmay faqat fikr orqali bo‘lsa, joiz. Ammo bugungi kundagi "sevishlar" birga yurib, birga turib, ba’zi vaqtlarda zino qilib yurib bo‘ladi. Shuning uchun ehtiyot tarafini olib "sevish"ni nikohdan keyin bo‘lgani afzal deyiladi. Nikohdan oldingi holatni "yoqtirish" deyiladi.
27 Апрел 2022, 14:13 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar