Qazo namozni qanday ado qilsam bo‘ladi?

Ustoz, yoshim 21 da. Alhamdulilloh namozlarni 14 yoshimdan beri o‘qiyman. Lekin 19 yoshimgacha hushu’ va huzu’ bilan ado etmagan bo‘lsam kerak deb o‘ylayman va yana qazolarim ham ko‘p. Shariat bo‘yicha hisoblasak 12 yoshimdan 19 gacha 7 yil bo‘larkan. Mana shu 7 yilgi qazo namozlarim va o‘qigan namozlarim haqida savolim bor. 1. Mana shu 7 yilgi qazo namozlarimni adadini bilmayman, men bu qazo namozlarni qanday qilib ado qilsam bo‘ladi? 2. O‘qigan namozlarimni hushu’, huzu’siz o‘qiganim uchun o‘rniga qazo o‘qiymanmi, o‘qimaymanmi? Alloh ishlarizni barakotli qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qazo namozlarni taxmin bilan bo‘lsa ham belgilab, imkon topganda o‘qib boraverasiz. - Xushu’ va xuzu’siz o‘qilgan namoz o‘rniga qazo o‘qilmaydi.

26 Май 2022, 19:25 | Савол-жавоблар | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar