Araz gina haqida

Assalomu alaykum! Ro‘zador kishi araz qilib gaplashmasdan gina saqlab yurishi mumkinmi? Aybdor kishi uzrini so‘rab yarashish uchun harakat qilgan bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ لَيَطَّلِعُ فِي لَيْلَةِ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ فَيَغْفِرُ لِجَمِيعِ خَلْقِهِ إِلَّا لِمُشْرِكٍ أَوْ مُشَاحِنٍ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh Sha’bonning yarmidagi kechada qarab, jamiki maxluqotlarini mag‘firat qilur. Magar mushrik va xusumatchi bundan mustasnodir», dedilar». Ibn Moja va Ahmad rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Sha’bonning yarmidagi kecha fazilatli ekanligi. 2. Mazkur kechada Alloh maxluqotlariga nazar solib, hammalarining gunohlarini kechirishi. 3. Mushriklik va xusumatchilik nihoyatda yomon narsa ekanligi. Demak, Sha’bon oyi yarimlaganda ibodat qilib, mazkur va’da qilingan ajru savob hamda mag‘firatlardan bahramand bo‘lib qolish kerak. Ana shunday fazilatli vaqtda gunohning mag‘firat qilinishiga monelik qiluvchi mushriklik va xusumatchilikdan uzoqlashish lozim. ("Hadis va hayot" kitobidan). وعن أبي أيوب رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أن رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم قال: لا يحل لمسلم أن يهجر أخاه فوق ثلاث ليال: يلتقيان فيعرض هذا ويعرض هذا؛ وخيرهما الذي يبدأ بالسلام  مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Musulmon kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydi. Ikkisi bir-biriga yo‘liqqanda bu ham uham bir-biridan yuz o‘girsa. Ikkisining yaxshisi birinchi bo‘lib salom berganidir. Muttafaqun alayh. وعن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال، قال رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: <تعرض الأعمال في كل اثنين وخميس فيغفر اللَّه لكل امرئ لا يشرك بالله شيئاً، إلا امرأ كانت بينه وبين أخيه شحناء، فيقول: اتركوا هذين حتى يصطلحا رَوَاهُ مُسْلِمٌ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Har dushanba va payshanba kunlari amallarni ko‘rsatiladi. Alloh taolo O‘ziga biror narsani sherik qilmagan barchani mag‘firat qiladi. Ulardan o‘zi bilan birodarining o‘rtasida “shahno”(bir biriga gina)si borlar mustasno. Alloh taolo (farishtalarga) “toki u ikkisi yarashmagunicha(gunohlarini) qoldiringlar” deydi” dedilar. Muslim rivoyati. وعن جابر رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال سمعت رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم يقول: إن الشيطان قد يئس أن يعبده المصلون في جزيرة العرب، ولكن في التحريش بينهم رَوَاهُ مُسْلِمٌ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Shayton arab jazirasida namoz o‘quvchilar unga ibodat qilishlaridan umidini uzdi. Lekin o‘rtalariga fitna soliib, bir-biriga teskari qilishdan umidini uzgani yo‘q” dedilar. Muslim rivoyati. عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال، قال رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: لا يحل لمسلم أن يهجر أخاه فوق ثلاث، فمن هجر فوق ثلاث فمات دخل النار رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد على شرط البخاري ومسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydi. Kim yarashmasdan uch kundan keyin vafot topsa, do‘zaxga kiradi” dedilar. Abu Dovud rivoyati. عن أبي خِرَاشٍ حدرد بن أبي حدرد الأسلمي، ويقال: السلمي الصحابي رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أنه سمع النبي صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم يقول: من هجر أخاه سنة فهو كسفك دمه رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد صحيح Abu Xirosh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kishi birodarini bilan bir yil gaplashmay yurishi uni qonini to‘kish kabidir” deyyotganlarini eshitdim – dedi. Abu Dovud rivoyati. عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أن رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم قال: لا يحل لمؤمن أن يهجر مؤمناً فوق ثلاث، فإن مرت به ثلاث فليلقه وليسلم عليه، فإن رد عليه السلام فقد اشتركا في الأجر وإن لم يرد عليه فقد باء بالإثم، وخرج المسلِّم من الهجرة رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد حسن Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Mo‘min kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydi. Uch kun o‘tganidan keyin birodari bilan ko‘rishsin, unga salom bersin. Agar salomiga alik olsa, savobga sherik bo‘lishadi. Agar alik olmasa gunohi zimmasiga bo‘ladi, salom bergan ginachilikdan chiqqan bo‘ladi. Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 14:35 | Савол-жавоблар | 190 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar