Mandub nima ma’noni bildiradi?
Hurmatli ustoz.Siz o‘zingizni ba‘zi maqolalaringizda mandub atamasini ishlatasiz.Bu atamani ma‘nosi nima,ya‘ni farzmi,vojibmi,sunnatmi,mustahabmi yoki mubohmi?Umuman 4 suniy mazhabda ham bu mandub so‘zi bir hil ma‘noda keladimi?Bizga ta‘lim berayotganingiz uchun tashakkur Muhammad Sodiq hazratlari.Alloh taalo bizni ham sizga nafi etadigan shogirdlardan qilib,oldizda qarzimizni uzishga o‘zi madadkor bo‘lsin.Amin va ya arhamarrohimin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hanafiylardan boshqalar sunnatni mandub, nafl, mustahab, tatovvu’, ehson va hasan kabi nomlar bilan ham ataydilar.Hanafiylar esa sunnat bilan mandub va mustahabning orasida farq bor deydilar.Sunnat ta’kidlangan amal bo‘lib, dinda lozim bo‘lmagan ammo uni Rasululloh sallollohu alayhi vasallam doimiy ravishda qilib yurganlar va ahyonda uzrsiz tark qilgandirlar.Mandub yoki mustahab bo‘lsa, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam doimiy qilmagan amallardir. Ya’ni, qilsa savob bo‘ladigan va qilmasa hechqisi yo‘q amaldir.
21 Апрел 2022, 06:44 | Савол-жавоблар | 194 | Boshqa ibodatlar