Shirkat to‘g‘ri tuzilgan sanaladimi?

Assalomu alaykum! Menda 2 ta savol bor Xitoylik bir tadbirkor 10 mln. Dollar investitsiya kiritmoqchi. Men uning O‘zbekistondagi sherigi bo‘lishimni aytdi.  Mani bor yo‘g‘i 10 ming dollar pulim bor shuni qo‘shaman. Albatta mani ulushim juda kam bo‘ladi. Man bunga roziman. Hozir sherigim naqd pul tikadi ammo keyinchalik kreditga ham pul olib oborotga kirgizishi mumkin. Man o‘shanda ham  sherik bo‘lib qolsam bo‘laveradimi? Fiqh.uz dan o‘qib bildimki, inon shirkatini musulmon bo‘lmagan odam bilan ham tuzib bo‘lar ekan. O‘zi man yuqorida aytganimdek shirkat tuzsam inon shirkatiga kiradimi? Saytdagi shirkat haqidagi fikrlarni ko‘p bor o‘qidim, ammo ularning turi ko‘p bo‘lganidan chalkashib ketyapman. Iltimos soddaroq qilib tushuntirib bersalaringiz. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida bo‘ladi, lekin sizlarni tuzadigan shirkatingiz shar’iy narsalarda faoliyat yurgizadimi yoki yo‘qmi, nimalar ishlab chiqarishga sarfdanadi buni bilmaymiz. Shuning uchun biror bir Islom iqtisodini bilgan olim huzuriga boring. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 15:08 | Савол-жавоблар | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar