Chap qo‘lni ishlatish

Assalomu alaykum! Chap qo‘lni doimo o‘ng qo‘ldek ishlatadigan kishilarga dinimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عُمَرَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا أَكَلَ أَحَدُكُمْ فَلْيَأْكُلْ بِيَمِينِهِ، وَإِذَا شَرِبَ فَلْيَشْرَبْ بِيَمِينِهِ، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ يَأْكُلُ بِشِمَالِهِ وَيَشْرَبُ بِشِمَالِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّIbn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz esa, o‘ng qo‘li bilan esin. Qachon birortangiz ichsa, o‘ng qo‘li bilan ichsin. Chunki shayton chap qo‘li bilan eb, chap qo‘li bilan ichadi», dedilar».Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilganlar.Sharh: Demak, chap qo‘li bilan eb-ichgan odam Rohmanning amridan yuz o‘girib, shaytonga ergashgan va uning ishini qilgan bo‘ladi. Shuning uchun bu masalaga katta e’tibor bilan qaramog‘imiz, farzandlarimizga ham o‘rgatmog‘imiz lozim. عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ رضي الله عنه: أَنَّ رَجُلًا أَكَلَ عِنْدَ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم بِشِمَالِهِ، فَقَالَ: كُلْ بِيَمِينِكَ، قَالَ: لَا أَسْتَطِيعُ، قَالَ: لَا اسْتَطَعْتَ، مَا مَنَعَهُ إِلَّا الْكِبْرُ، قَالَ: فَمَا رَفَعَهَا إِلَى فِيهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌSalama ibn al-Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida chap qo‘li bilan taom edi. Bas, u zot: «O‘ng qo‘ling bilan e!» dedilar.«Qodir emasman», dedi u.«Qodir bo‘lmagin! Uni kibrdan boshqa narsa man qilmadi», dedilar u zot. Haligi odam qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmay qoldi».Muslim rivoyat qilgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifdan diynimizda ovqatlanish madaniyatiga qanchalik ahamiyat berilganligini yorqin ko‘rib turibmiz. Albatta, gap ovqatlanishning islomiy madaniyati haqida ketmoqda. Ovqatlanishning islomiy madaniyatlaridan biri o‘ng qo‘l bilan eyishdir. Har bir musulmon inson bu muhim ishga alohida e’tibor bilan qarashi lozim. Ba’zi bir kishilar bu islomiy madaniyatga rioya qilmasalar, ularni ogohlantirish kerak. Ushbu rivoyatning qahramoni ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida ovqatlanishning islomiy madaniyatiga rioya qilmay, chap qo‘li bilan taom eyishga tutindi. Albatta, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu holga beparvo bo‘lishlari mumkin emas edi. Shuning uchun mazkur odobsiz kishiga ta’lim berib: «O‘ng qo‘ling bilan e!» dedilar». Bunday paytda har qanday odam ta’lim beruvchiga tashakkur aytib, o‘zini o‘nglab olishga urinadi. Odob-axloq taqozosi shu. Ammo haligi odam Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga tashakkur aytib, o‘z xatosini tuzatib, o‘ng qo‘li bilan taom eyishga o‘tish o‘rniga: «Qodir emasman», dedi». Ya’ni bu «Ovqatni o‘ng qo‘lib bilan eya olmayman. Chap qo‘lim bilan eyaveraman», degani edi. O‘zi noto‘g‘ri ish qila turib, unga mehr ko‘rsatib, xatosini to‘g‘rilab qo‘ygan zot Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga nisbatan bunday betgachoparlik qilgan nobakor har qanday jazoga va qarg‘ishga loyiq edi. Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ochiq-oydin qilib: «Qodir bo‘lmagin!» dedilar». Ya’ni «O‘ng qo‘ling bilan taom eya olmasang, bir yo‘la eya olmay qolgin», dedilar. Hamda u erda hozir bo‘lganlarga tushuntirish uchun: «Uni kibrdan boshqa narsa man qilmadi», deb, qo‘shib qo‘ydilar. Ya’ni u odam yuqoridagi gapni haqiqatda o‘ng qo‘lida nuqson borligi uchun emas, kibr bilan xatosini tan olishdan bosh tortib aytgan edi. Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni duoibad qildilar. U zot sollallohu alayhi vasallamning duolari joyida qabul bo‘ldi. «Haligi odam qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmay qoldi». Ajab bo‘ldi! Battar bo‘lsin! O‘z foydasini bilmagan, shariat hukmidan ko‘ra o‘zining kibrini ustun qo‘yadiganlar uchun bu ham kam! Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar: 1. Chap qo‘l bilan taom eb bo‘lmasligi. 2. Birovning chap qo‘l bilan eganini ko‘rgan odam tanbeh berib, o‘ng qo‘l bilan eyishini eslatib qo‘yishi kerakligi. 3. Diyniy hukmlar bo‘yicha nasihat eshitgan odam mutakabbirlik qilmasligi kerakligi. 4. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning duolari darhol qabul bo‘lishi.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:11 | Савол-жавоблар | 144 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar