Namozdan keyin tasbeh aytish

Assalomu alaykum! Uztozlar, do‘stim mendan namozdan keyin o‘ttiz uch marta tasbeh, takbir va tahmidni uzrsiz  aytmasdan turib ketsa  gunoxkor bo‘lmaydimi deb so‘rab qoldi. Uzrsiz o‘ttiz uch marta tasbeh, takbir va tahmid aytmasdan turib ketsa sunnatni tark qilganligi sababli gunoxkor bo‘ladi deb javob berdim. Keyin ilmsizligim sababli noto‘g‘ri aytib qo‘ydim deb qiynalib yuribman. Bu amal sunnati muakkadami? Men noto‘g‘ri gapirib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! . To‘g‘ri aytibsiz. Ularni yurib ketayotib aytsa ham sunnat ado bo‘ladi. Zarur ishi borlar shunday qilsalar ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 16:23 | Савол-жавоблар | 187 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar